To‘plamda allaqachon 200 dan ortiq mahsulotlar mavjud: ichimliklar, yormalar, shirinliklar, xurmo va quritilgan mevalar, choy, o‘simlik yog‘lari va boshqalar. Assortiment oy davomida muntazam ravishda yangilanib va to‘ldirib boriladi. “Yarmarka"ning barcha mahsulotlariga Uzum kartasi bilan to‘langanda 60% gacha chegirmalar amal qiladi. Masalan, quritilgan xurmoni 11 996 so‘mdan, lazer navli guruchni 6396 so‘mdan, 2 litr kungaboqar yog‘ini 20 396 so‘mdan xarid qilish mumkin. To‘plamdagi barcha mahsulotlar O‘zbekiston bo‘ylab 500 dan ortiq aholi punktlariga yetkazib beriladi.

“Muborak Ramazon oyida mamlakatimizning barcha hududlari va shaharlarining aholisi muhtojlarni qo‘llab-quvvatlash, xayriya qilish, shuningdek, o‘zi va yaqinlari uchun saxiy dasturxon yozish imkoniyatiga ega bo‘lishi biz uchun muhimdir. Butun mamlakat bo‘ylab tarqatish punktlarining keng tarmog‘i tufayli — bugungi kunda ularning soni 1600 dan oshdi — onlayn yarmarka turli hududlar aholisi uchun mavjud bo‘lib, butun mamlakatni qamrab olish va haqiqiy chegirmalar bilan keng turdagi tovarlarni xarid qilish imkonini beradi”, — deydi Uzum Market’ning toifalarni rivojlantirish bo‘yicha direktori Maksim Babikov.

Bundan tashqari, ushbu davrda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mahsulotlarning arzonligi bilan bog‘liq tashabbuslarga ko‘proq e’tibor qaratmoqda.

“Ramazon oyida qo‘mita tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari narxining barqarorligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Biz bozorning doimiy monitoringini olib boramiz, savdo tarmoqlari va elektron savdo platformalariga narxlar o‘zgarishining ehtimoliy sabablari to‘g‘risida oldindan xabar berishni va yetkazib beruvchilar tomonidan ularning asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslikni tavsiya qilamiz. Foydalanuvchilardan narxlarni oshirish holatlari haqida ham xabar berishlarini so‘raymiz. Bizning vazifamiz — bozorda raqobatbardosh va halol takliflarni ta’minlash, muqaddas oy mavzusida chayqovchilikka yo‘l qo‘ymaslik. Iste’molchilar huquqi doimo ustuvor”, — deb izoh berdi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Jamoatchilik bilan aloqalarni tashkil etish xizmati.

Uzum Market — O‘zbekistondagi eng yirik milliy marketpleys bo‘lib, unda yirik biznes va mahalliy do‘konlardan 1,3 mlndan ortiq tovar nomlari mavjud. Platformaning logistika infratuzilmasi 525 ta aholi punktini qamrab oladi.

Reklama huquqlari asosida.