Xorijdagi o‘zimiznikilar: AQShda yurist bo‘lib ishlayotgan Damir Axrorov hikoyasi
U Spot’ga AQShdagi Law Office of Yuriy Prakhin, P.C. kompaniyasida qanday qilib yurist bo‘lib ish boshlagani haqida so‘zlab berdi.
Centrum Air IPO oldidan $2 mlrd baholash bilan $600 mln jalb qilishni rejalashtirmoqda
Aksiyalarni joylashtirishda Oppenheimer va Citibank anderrayter sifatida ishtirok etadi. Aviakompaniya 100 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritishni maqsad qilgan.
Gulf ikki yil ichida O‘zbekistonda 100 ta “zapravka” ochib, aviatsiyaga $150 mln investitsiya kiritmoqchi
Kompaniya barcha hokimlardan mamlakat bo‘ylab 200 ga yaqin yoqilg‘i quyish shoxobchalarini rivojlantirish bo‘yicha aniq takliflar olgan.

Manikyur biznesi: Nailsworkshop qanday ochilgan va sohada yondashuvni nega o‘zgartirmoqda?
Zamira Qurbonova Spot’ga o‘z biznesining ichki jarayonlari, O‘zbekistonda byuti-bozor qanday muammolarga uchrayotgani va nega bugungi kunda mijozlar salomatligi muhim omilga aylangani haqida so‘zlab berdi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- O‘zbekiston 2028-yilda ilk sun‘iy yo‘ldoshni uchirishni va birinchi kosmonavtni tayyorlashni rejalashtirmoqda.
Mirzo Ulug‘bek nomli 6U formatdagi ilmiy sun‘iy yo‘ldoshni uchirish hamda birinchi milliy fazogirni qisqa muddat — 10−14 kunlik parvozga tayyorlash taklif qilindi. - Mobiuz ham kiberhujumga uchradi, biroq abonentlarning shaxsiy ma’lumotlari tarqalmagan.
Ma’lum qilinishicha, ruxsatsiz kirish asosiy tizimlarga ulanmagan sinov serverida aniqlangan, mijozlarning shaxsiy va moliyaviy ma’lumotlari sizib chiqmagan. - Soliq qo‘mitasi QQS va foyda solig‘i stavkalari pasaytirilishi mumkinligini ma’lum qildi.
2028-yilgacha ushbu ikki soliq stavkalarini o‘zgartirish rejalashtirilmagan. Qo‘mita yaqin istiqbolda ham ularni o‘zgartirish zaruratini ko‘rmayotganini ma’lum qildi. - O‘zbekiston 2027-yilgacha 20 turdagi xomashyo importi uchun bojlarni pasaytirdi. Ro‘yxat.
Ular orasida qimmatbaho toshlar, sharbatlar uchun konsentratlar va tamaki mahsulotlari uchun xomashyolar bor. - 1-martgacha ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘mdan bir martalik moddiy yordam beriladi.
Ramazon oyida ehtiyojmand oilalarga 1 mln va 500 ming so‘mdan bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi. - Avtosug‘urta, nikoh uzugi hamda limon: yil davomida qanday mahsulot va xizmatlar narxi qimmatlashdi?
Yanvarda qovoq, baqlajon, tarvuz, shaftoli hamda sarimsoqning yillik narxlari arzonladi. - Zapravkalar, muhim minerallar va agrosanoat: O‘zbekiston va AQSH qanday hujjatlarni imzoladi?
Tomonlar, shuningdek, moliya bozorini rivojlantirish hamda investitsiya muhitini yaxshilashga kelishib oldi. - Prezidentga Yerni masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshining modellari taqdim etildi. Foto.
O‘zbekkosmos birinchi milliy kosmonavtni aniqlash bo‘yicha umumxalq tanlovini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Buning uchun maxsus komissiya tuzish topshirildi. - YTTB Bon! qahvaxonalar tarmog‘i operatoriga 6 mln yevrogacha kredit ajratadi.
ABMNB kompaniyalar guruhi mablag‘lar hisobidan maxsus oziq-ovqat uskunalarini sotib oladi va yangi ishlab chiqarish hamda omborxona majmuasini quradi. - Toshkentda ochiq olovda taom tayyorlaydigan ovqatlanish nuqtalari ustidan nazorat kuchaytirildi.
Tozalash va tutunlarni chiqarish tizimisiz somsa va kabob tayyorlayotgan shoxobchalar faoliyati qonuniylashtirilgunga qadar vaqtincha to‘xtatiladi.



