Tadbirkorlar pul va vaqtni hisoblaydi. Agar bank xizmat ko‘rsatish uchun komissiya olsa, ofisga borishni talab qilsa va jarayonlarni murakkablashtirsa, u hamkor hisoblanmaydi, balki xarajatga aylanadi.
InfinBANKda biznes uchun to‘lovlar doimo bepul. Hisobraqam onlayn ochiladi. ERI onlayn rasmiylashtirilib, uzaytiriladi. Bankka kelish shart emas. Biznes foyda bilan shug‘ullanadi, InfinBANKdagi barcha bank xizmatlari esa imkon qadar soddalashtirilgan.
“Vazifamiz — tadbirkor uchun barcha ortiqchasini bartaraf etish. Biznes bankka moslashmasligi kerak — bank biznes sur’atida ishlashi kerak. Mijoz o‘z muammolarini tez va masofadan turib hal qilishi uchun biz hisobraqam, tarif, ERI va onlayn kreditlashni bitta yechimda birlashtirdik”, — deb ta’kidladi InfinBANK AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Alesya Frolova.
Yashirin shartlarsiz bepul tarif
Tadbirkorlar uchun bepul xizmat ko‘rsatiladigan “Mahalliy” korporativ tarifi taqdim etilgan. Murakkab sxemalar va mayda yozuvlarsiz. Oy oxirida kutilmagan komissiyalarsiz. Biznes ishlaydi, bank esa infratuzilmani ta’minlaydi.
Ofisga bormasdan hisobraqamni onlayn ochish
Hisobraqamni masofadan, bevosita telefon yordamida ochish mumkin.
Ulanish jarayoni ofisga bormasdan va ortiqcha hujjatlarsiz amalga oshiriladi. Tadbirkor so‘rov topshiradi va hisobraqam onlayn xizmat ko‘rsatishga ulanadi. Boshqalar navbatda turganda, biznes allaqachon to‘lovlarni qabul qilishni boshlaydi.
To‘lovlarni butunlay onlayn amalga oshirish uchun ERI
Elektron raqamli imzo hisob-kitoblar, hisobotlar va davlat xizmatlari bilan ishlashda zaruriy vosita bo‘lib qolmoqda. Ko‘plab tadbirkorlar uchun uni olish yoki uzaytirish hali ham qo‘shimcha safar va kutishlar bilan o‘tadigan jarayondek tuyuladi.
InfinBANKda bu jarayon to‘liq onlayn shaklga o‘tkazildi. Mijozlar ERIni ofisga tashrif buyurmasdan, masofadan turib olishlari yoki yangilashlari mumkin. Zarur hollarda kalit tadbirkorning topshirig‘iga binoan buxgalter yoki xodim uchun rasmiylashtiriladi. Uzaytirish imkoniyati ham 24/7 rejimida onlayn amal qiladi.
Agar biror bosqichda savollar paydo bo‘lsa, mijozlar biznesi maxsus aloqa markazi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. O‘rtacha javob 30 soniyagacha vaqt oladi.
Shunday qilib, ERI alohida vazifa bo‘lmay qoladi va biznesning qulay raqamli infratuzilmasining ajralmas qismiga aylanadi.
500 mln so‘mgacha onlayn kredit — 1 kunda qabul qilinadigan yechim
Amaldagi mijozlar uchun 36 oygacha bo‘lgan muddatga 500 mln so‘mgacha kredit olish imkoniyati bor:
- so‘rov mobil ilovada yuboriladi;
- qaror bir kun ichida qabul qilinadi;
- mablag‘lar ma’qullangandan so‘ng hisobraqamga o‘tkaziladi.
Bu biznesga uzoq kelishuvlar va bankka tashriflarsiz kassa uzilishlarini tezda yopish, tovar sotib olish yoki rivojlanishga sarmoya kiritish imkonini beradi.
Vaqtni tejaydigan ekotizim
InfinBANK biznes uchun asosiy xizmatlarni yagona raqamli muhitga birlashtirdi:
- tushunarli tarif;
- onlayn hisobraqam ochish;
- raqamli imzo;
- tezkor kreditlash.
Moliyaviy jarayonlar oddiy va tez ishlaganda, tadbirkor o‘z diqqatini asosiy maqsadga — o‘z biznesini rivojlantirishga qaratishi mumkin.
Reklama huquqlari asosida.