Sodiqlik dasturining maksimal darajasi, ommabop “Start” tarifida Toshkent shahrida komissiya uchun chegirma qariyb 50% ni tashkil etadi.
1-martdan boshlab Yandex Taxi’da yangi sodiqlik dasturi ishga tushadi, unda hamkor haydovchilarga ballar hisoblanadi. Joriy oy davomida to‘plangan ballar soniga qarab haydovchining keyingi oy uchun darajasi aniqlanadi. Dasturda jami 5 ta daraja mavjud:
- “Master”;
- "Profi";
- "Ekspert";
- "Chempion";
- "Legenda".
Dastlabki uch darajaga erishish uchun haydovchilarga safarlar davomida shunchaki ball to‘plash kifoya. Yuqori darajalarga o‘tish uchun esa servisda uzoq muddat davomida faol ishlash talab etiladi: “Chempion” darajasi uchun ketma-ket 12 oy, “Afsona” darajasi uchun esa ketma-ket 36 oy davomida safarlarni bajarish kerak bo‘ladi.
Har bir daraja yangi imtiyozlarni ochib beradi — daraja qanchalik yuqori bo‘lsa, imtiyozlar shunchalik ko‘p bo‘ladi. Masalan, dastlabki uch darajada quyidagi imkoniyatlar mavjud: Yandex Plus ga bepul obuna, ko‘proq buyurtma olishga va bekor turish vaqtini qisqartirishga yordam beradigan qo‘shimcha ustuvorlik ballari hamda boshqa afzalliklar.
Yuqori darajalarda servis komissiyasiga chegirma amal qila boshlaydi. Xususan, sodiqlik dasturining so‘nggi — “Legenda” darajasida Toshkentdagi ommabop “Start” tarifida hamkorlar uchun komissiya bo‘yicha chegirma qariyb 50% ni tashkil etadi.
Servis tahlilchilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, komissiya chegirmasi tufayli Yandex Taxi hamkorlari 2026-yilda foydalanuvchi buyurtmalaridan 40 mlrd so‘mgacha qo‘shimcha daromad olishlari mumkin. Servisning barcha hamkor haydovchilari yangi sodiqlik dasturida avtomatik ravishda darajaga ega bo‘ladilar — bunda servisdagi safarlar tarixi inobatga olinadi.
Reklama huquqlari asosida.


