O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ldi.

2-martdan amal qiladigan Amerika valyutasining rasmiy kursi 12 172,18 so‘m etib belgilandi. Savdo kuni davomida kurs 35 so‘m 61 tiyinga oshdi.

Valyutalar kursining o‘zgarish dinamikasi hamda banklardagi valyuta kurslari bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.

Avvalroq Spot O‘zbekistonda yanvar oyida dollarning rasmiy kursi qanday o‘zgargani haqida yozgandi.

Milliy valyuta ketma-ket ikkinchi oy dollarga nisbatan arzonlashdi va 300 so‘m yo‘qotdi. Yanvar oyida dollar 1,45% ga qimmatlashdi.

Markaziy bankning Ichki valyuta bozori sharhida qayd etilishicha, so‘mning mustahkamlanishi tashqi qarzga xizmat ko‘rsatish xarajatlarini o‘rtacha 6−7% gacha qisqardi.

2026-yil yanvar oyi yakuniga ko‘ra, so‘m ketma-ket ikkinchi oy dollarga nisbatan zaiflashishda davom etdi. O‘tgan oyda milliy valyuta AQSH dollariga nisbatan 173,77 so‘mga yoki 1,45% ga arzonlashib, 12 199,1 so‘mni tashkil etdi.

Avvalroq 2025-yilda O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari qariyb $19 mlrdga yetgani haqida xabar berilgandi. Mamlakatga kelib tushgan pul o‘tkazmalari 27,2% ga oshib, $18,9 mlrdni tashkil etdi. Bunga asosan rubl kursining mustahkamlanishi va migrantlar oqimining ko‘payishi ta’sir qildi.