Raqobat qo‘mitasi tomonidan ekish mavsumi boshlanishi arafasida yoqilg‘i mahsulotlari narxlari monitoring qilinmoqda.

Qo‘mita ekish mavsumi boshlanishi arafasida neft mahsulotlari (dizel yoqilg‘isi va benzin) bozoridagi holatni doimiy ravishda monitoring qilib borayotganini ma’lum qildi.

Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari va fermer xo‘jaliklarining ehtiyojlarini qondirish imkonini beruvchi yetarli hajmdagi benzin va dizel yoqilg‘isi birja savdolari orqali sotilmoqda.

Raqobat qo‘mitasi ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda manfaatdor idoralarga ekin ekishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari hamda fermer xo‘jaliklarining ehtiyojlarini o‘z vaqtida ta’minlash yuzasidan tezkor choralar ko‘rishni so‘radi.

Shuningdek, neft mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yuzaga kelganda, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari va fermer xo‘jaliklariga qo‘mitaning hududiy organlariga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari birja savdolari davomida shakllanadigan neft mahsulotlari narxlarini doimiy ravishda monitoring qiladi.


Avvalroq Raqobat qo‘mitasi gaz tarifini oshirgani uchun Yerostigaz‘ni jarimaga tortgani haqida xabar berilgandi.

Angrendagi IES murojaati asosida o‘tkazilgan tekshiruvda Yerostigaz tomonidan 2,8 mlrd so‘m asossiz hisoblangani aniqland