O‘zbekistonda 1-martdan nimalar o‘zgaradi?

Spot mart oyidan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda muhim yangiliklarni bir joyga jamladi.

hafta yakuni, yangiliklar


Wolt O‘zbekistondagi faoliyatini nima uchun to‘xtatmoqda?

Wolt mamlakat bozoridagi sharoitlar sabab xizmat darajasini o‘z standartlariga mos ravishda ta’minlay olmaganini bildirdi. Foydalanilmagan mablag‘lar mijozlarga avtomatik tarzda qaytariladi.

hafta yakuni, yangiliklar


O‘zbekistondagi banklarda kartadan kartaga pul o‘tkazmalari va to‘lov xizmatlari uchun komissiyalar

Mobil ilovada kartadan kartaga pul o‘tkazish imkoniyati mamlakatdagi 7 ta to‘lov xizmati va 28 ta bank foydalanuvchilari uchun mavjud.

hafta yakuni, yangiliklar


O‘zbekistonda fevral oyida dollarning rasmiy kursi qanday o‘zgardi?

Milliy valyuta dollarga nisbatan ketma-ket ikki oylik zaiflashishdan keyin fevralda 0,7% ga mustahkamlandi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. O‘zbekistonda noqonuniy poygalar uchun javobgarlik belgilash taklif etilmoqda.
    Adliya vazirligi noqonuniy poygalarni tashkil etish va ularda ishtirok etganlik uchun ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqdi.
  2. Samsung Galaxy S26, S26+ va S26 Ultra smartfonlarini taqdim etdi.
    Galaxy S26 narxi $900, S26+ $1100, S26 Ultra $1300 ga baholanib, sotuvlar mart oyidan boshlanadi.
  3. AQSH O‘zbekiston fuqarosini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi.
    Qayd etilishicha, Azizjon Mamashoyev rossiyalik xakerlar bilan AQSH kiberxavfsizligiga qarshi qaratilgan operatsiyalarda, shuningdek, dasturiy ta’minot zaifliklari savdosida ishtirok etgan.
  4. Toshkentda yo‘l harakatini yaxshilash bo‘yicha “Dolzarb 90 kunlik” e’lon qilindi.
    Bunda poytaxtning eng tirband 472 km avtomobil yo‘llari aniqlanib, jamoat transportiga ustuvorlik berish, svetofor, yo‘l belgilarini o‘rnatish, modernizatsiya qilish va yangilash kabi ishlar ko‘zda tutilgan.
  5. Qiymati $120 mlnlik Urganch-Xiva pulli avtomobil yo‘li qurilishi boshlandi.
    To‘rt tasmali trassaning uzunligi 35 kmni tashkil etadi. Natijada yo‘lga sarflanadigan vaqt uch baravarga qisqarib, 17 daqiqani tashkil etadi.
  6. Ilon Mask va Jeff Bezos O‘zbekistonga taklif etiladi.
    O‘zbekkosmos ularga 2028-yilda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro astronavtika kongressiga tashrif buyurish uchun taklifnoma yuboradi.
  7. Ispaniya futbol klubi apelsin tolalaridan ishlangan maxsus formani taqdim qildi.
    Forma ekologik toza materiallardan tayyorlangan bo‘lib, uning asosi apelsin po‘stlog‘idan olingan organik tolalardan iborat.
  8. O‘zbekiston 2026-yilda 2 ta, 2030-yilgacha esa yana 14 ta davlat bilan vizasiz rejim joriy etadi.
    2030-yilga borib o‘zbekistonliklar vizasiz borishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar soni 34 tadan 50 taga yetkaziladi.
  9. Eron va Isroil havo hududi yopilishi sabab O‘zbekiston bilan bog‘liq bir qator reyslar ortiga qaytdi.
    Xususan, Toshkent-Dubay, Andijon-Madina, Madina-Toshkent, Madina-Andijon va Jidda-Toshkent reyslari jo‘nash aeroportlariga qaytarilgan.
  10. 2026-yilda xotira tanqisligi smartfonlar ta’minoti pasayishiga olib kelishi mumkin.
    Joriy yil davomida smartfon yetkazib berish hajmi 12,9% ga kamayishi mumkin va bu o‘n yildan ko‘proq vaqt ichidagi eng katta yillik pasayish bo‘ladi.