Endilikda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin. Bu bo‘yicha tegishli yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Hujjat bilan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasining elektron shakli bojxona organlarining axborot tizimida mobil ilova orqali avtomatik ravishda shakllanishi belgilanmoqda.
Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida aniqlangan texnik xato va kamchiliklar bojxona xodimi tomonidan tuzatilishi mumkinligi qayd etilmoqda.
Tovar 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga tegishli bo‘lgan hollarda Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasining “tovar nomi” va “buyum nomi” ustunlarida buyum egasining pasport raqami ham ko‘rsatilishi lozim.
Mobil qurilmalar tovarlarni olib kirishning bojxona to‘lovlari undirilmaydigan cheklangan meʼyorlardan qatʼiy nazar deklaratsiyalanishi belgilanmoqda.
Bundan tizim operatori bazasida ro‘yxatga olingan va O‘zbekiston hududida sotib olingan mobil qurilmalar mustasno hisoblanadi.
Avvalroq tadbirkorlarga bojxona bojini 120 kungacha kechiktirib to‘lash imkoniyati yaratilishi haqida xabar berilgandi.