2026-yilning yanvar oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $5,8 mlrdni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi hisobotida keltirilgan.

Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan $1,32 mlrd yoki 29,2% ga ko‘paydi. Bunga eksport ($1,69 mlrd, +26,7%) va importning ($4,14 mlrd, +30,3%) sezilarli o‘sishi sabab bo‘ldi. Tashqi savdo balansi taqchilligi $2,44 mlrdgacha o‘sdi (o‘tgan yili — $1,84 mlrd).

Yanvar oyida O‘zbekiston umuman oltin sotmagan. 2025-yil yakunlariga ko‘ra, qimmatbaho metallar yetkazib berish hajmi $9,9 mlrdni (+32,3%) tashkil etdi, bu 2023-yilda o‘rnatilgan tarixiy maksimumni ($8,15 mlrd) yangiladi.

Xitoy O‘zbekiston bilan savdo bo‘yicha yetakchilikni saqlab qolmoqda ($1,62 mlrd), ikkinchi o‘rinda $1,09 mlrd bilan Rossiya turibdi. Yanvarda Xitoy bilan savdo 63,5% ga, Rossiya bilan esa 36,7% ga oshdi.

Shuningdek, tashqi savdo hamkorlari beshligiga Qozog‘iston ($414,1 mln), Turkiya ($207,4 mln) va Afg‘oniston ($139,6 mln) kirdi. Asosiy hamkorlar o‘ntaligiga Janubiy Koreya ($126,8 mln), Fransiya ($123,6 mln), Germaniya ($106,9 mln), Turkmaniston ($96,6 mln) va BAA ($94,3 mln) ham kirdi.

Eksport

Sanoat tovarlari ulushi eksportning asosiy tarkibi bo‘ldi: yanvar oyida ularni yetkazib berishdan tushgan daromad $306,7 mlnni (+16%) tashkil etdi.

To‘qimachilik va mato eksportidan tushum $127,6 mlnni (-4,8%) tashkil etdi. Rangli metallar yetkazib berish $111 mlngacha (+23,6%) oshdi, noruda qazilmalar eksporti esa sezilarli — 86,1% ga o‘sib, $20,3 mlnga yetdi. Shu bilan birga, cho‘yan va po‘lat — 6,2 baravar ($19,3 mln), metall buyumlar — 28,5% ($197,5 mln) hamda qog‘oz va karton buyumlar eksporti 20,4% ga ($3,7 mln) oshdi.

Ikkinchi o‘rinda $169 mln (+26,5%) bilan kimyoviy mahsulotlar eksporti turibdi. Noorganik kimyoviy moddalar 42,9% ga — $109,1 mlngacha o‘sdi, o‘g‘it yetkazib berish esa $28,4 mlnga (+13%) yetdi.

Keyingi o‘rinda $168,8 mln (+18,1%) bilan oziq-ovqat mahsulotlari joylashgan. Bunda sabzavot va mevalar ($102,6 mln, +11,9%) hamda don mahsulotlari ($49 mln, +38,5%) ustunlik qiladi.

Turli xil tayyor mahsulotlar eksporti $121 mlnni (+44,8%) tashkil etdi. Kiyim-kechak yetkazib berishdan tushgan daromad $87,5 mlnni (+35,1%) tashkil etdi, “har xil tayyor mahsulotlar” bo‘yicha esa 89,9% — $28 mlngacha o‘sish qayd etildi.

Mashina va transport asbob-uskunalarini yetkazib berish keskin — 110,2% ga oshib, $80,5 mlnga yetdi. Yetakchilikni 11,7 baravar o‘sish bilan elektrotexnika mahsulotlari egalladi — $20,6 mln. Elektr mashinalari va jihozlari eksporti $18,3 mln bilan biroz oshdi (+3,2%), energiya generatorlari esa 5,2 baravarga o‘sdi ($16,5 mln).

Yoqilg‘i-energetika resurslarini yetkazib berish 19,4% — $59,5 mlnga pasaydi. Eksport asosan neft va neft mahsulotlari hissasisa ta’minlandi — $41,3 mln (+20,9%). Elektr energiyasi yetkazib berish 0,3% ga qisqarib, $17,5 mlnni, ko‘mir esa 3,4 baravar oshib, $0,7 mlnni tashkil etdi. O‘zbekiston yanvarda tabiiy gaz yetkazib bermagan.

O‘z navbatida, xizmatlar eksporti hajmi $742,1 mlnni yoki jami eksport hajmining 43,8% ini tashkil etdi. Bu 2024-yilning mos davriga nisbatan 44,1% ga ko‘p. Ular orasida turizm ($355,5 mln), transport ($266,2 mln) va IT ($80,6 mln) yetakchilik qilmoqda.

Import

Tovarlar importi tarkibida mashinasozlik mahsulotlari $1,48 mlrd (+36,1%) bilan yetakchilik qilmoqda. Elektrotexnika yetkazib berish $283,3 mln (+59,1%), avtomobillar — $282,5 mln (+16,6%), maxsus mashinalar — $217,8 mln (-13,2%), sanoat uchun maxsus bo‘lmagan mashinalar — $202 mln (+1,2%), ovoz yozish uskunalari — $192,3 mln (+95,4%) va energiya generatorlari $118,4 mln (+46,7%) ni tashkil etdi. Shu bilan birga, avtomobillar uchun ehtiyot qismlar va anjomlar importi 6,9% ga pasayib, $107 mlnni tashkil etdi.

Ikkinchi o‘rinni sanoat mahsulotlari egalladi — $573,8 mln (+13,4%). Cho‘yan va po‘lat ($278,9 mln, +21,7%), metall buyumlar ($77 mln, +19,7%), to‘qimachilik ip-kalavalari ($48,9 mln, +5,3%) va probkadan tayyorlangan buyumlar ($38,1 mln, +25,2%) importi oshdi.

Kimyo sanoati mahsulotlari importi 19,5% ga oshib, $488,1 mlnni tashkil etdi. Tibbiyot mahsulotlari uchun xarajatlar $179,4 mlnga (+4,9%), birlamchi plastmassalar uchun $85,1 mln (+15,4%), kimyoviy materiallar uchun $57,1 mln (+21,3%) ga yetdi.

Shuningdek, xorijiy oziq-ovqat mahsulotlari importi $431 mlndan oshdi (+28,8%). Don mahsulotlari yetkazib berish uchun $127 mln (+70%), go‘sht va go‘sht mahsulotlari — $70,7 mln (+46,6%), sabzavot va mevalar — $64 mln (+41,7%), shakar va qandolat mahsulotlari — $48,2 mln (-19,7%), kofe, choy, kakao, ziravorlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar uchun $36,5 mln (+9,9%) sarflangan.

Yanvarda qiymati $406,1 mlnlik (+94,2%) yoqilg‘i-energetika resurslari import qilindi. Neft va neft mahsulotlarini yetkazib berish 43,2% ga ($205,4 mln), benzin yetkazib berish esa 44,8% ga ($170 mln) oshdi. Turkmaniston va Rossiyadan gaz importi 6,9 baravarga ko‘payib, $167,6 mlnni tashkil etdi. Elektr energiyasi xaridi $16,7 mlnga (-22%), ko‘mir esa $16,4 mlnga (-17,3%) qisqardi.

Bundan tashqari, savdo importidagi ulushi 10,7% bo‘lgan xizmatlar importi hajmi 26,3% ga o‘sib, $443 mlnni tashkil etdi. Xizmatlarning yetakchi segmenti turizm bo‘lib qolmoqda — $248,9 mln. Keyingi o‘rinlarda transport ($82,7 mln) va IT ($45 mln) turibdi.

Avvalroq O‘zbekiston 2027-yilgacha 20 turdagi xomashyo importi uchun bojlarni pasaytirgani haqida xabar berilgandi.