AQSH va Isroil Eronga yirik zarbalar berib, oliy rahnamo oyatulloh Ali Xomanaiyning o‘ldirilishi ortidan oltin narxi oshdi, bu esa geosiyosiy keskinlik va global iqtisodiy noaniqlikning kuchayishiga olib keldi. Bu haqda Reuters nashri xabar berdi.
Toshkent vaqti bilan soat 11:00 holatiga ko‘ra, oltinning spot narxi 2,50% ga oshib, bir unsiya uchun 5385,70 ni tashkil qildi va so‘nggi to‘rt hafta ichidagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi. Sessiya boshida oltin narxi 2% gacha oshgan edi.
Hozirgi vaqtda qimmatbaho metallning savdolardagi narxi $5400 atrofida shakllanmoqda.

Reuters nashrining yozishicha, AQSH va Isroilning Eronga zarbalari jahon bozorlarida noaniqlikni kuchaytirdi va investorlar qimmatbaho metallarning potensial oqimini himoya aktivlari sifatida diqqat bilan kuzatib bormoqda.
“Ehtimol, oltin global noaniqlikni aks ettiruvchi eng yaxshi barometrdir va, majoziy ma’noda aytganda, harorat ko‘tarilmoqda. Biz butunlay yangi geopolitik noaniqlik davriga kirar ekanmiz, oltin narxi qayta baholanib, yangi rekord darajalarga yetishini kutish kerak”, — dedi mustaqil tahlilchi Ross Norman.
29-yanvar kuni jahon bozorida ham yangi narx rekordi o‘rnatildi — troya unsiyasi $5559 ga yoki bir grammi $178,73 ga yetgandi.
Bir kunda qimmatbaho metall narxi 9,3% ga, yillik hisobda esa 80% dan ortiqqa qimmatlashdi. Kumushning troya unsiyasi narxi esa o‘tgan kunga nisbatan 11,4% ga oshib, $118,3 ga ko‘tarildi.
Fevral oyi boshida JP Morgan 2026-yil oxirigacha oltin narxini bir unsiya uchun $6300 ga ko‘tarilishi haqidagi bashoratini oshirgandi.
Bunga markaziy banklar va investorlarning barqaror va kuchayib borayotgan talabiga asoslanib, so‘nggi keskin narx o‘zgarishlari sabab bo‘lgan.
Qayd etilishicha, prognozning oshishiga asosiy sabab rasmiy sektor tomonidan talabning kutilganidan ko‘ra kuchliroq ekanligi hisobalanadi.
Avvalroq Spot O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari rekord darajadagi $75 mlrddan oshgani haqida yozgandi.
Yanvar oyida xalqaro aktivlar $8,76 mlrdga ko‘paydi. Bunga asosan oltin narxining oshishi va qimmatbaho metall zaxiralari hajmining ko‘payishi sabab bo‘ldi.