Prezidentning O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida kibersport, dron va robot texnologiyalari yo‘nalishidagi sport turlarini rivojlantirish bo‘yicha qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali xabar berdi.
Hujjatga ko‘ra, kibersport, musobaqalar kibersport, dron va robot texnologiyalari kabi zamonaviy yo‘nalishlarda, uch bosqichda tashkil etiladi.
1-bosqich har yili avgust oyida vazirlik va idoralar miqyosida “Harbiy qism komandiri kubogi” shaklida o‘tkazilsa, oktabr oyida 2-bosqich — “Harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni kubogi” bo‘lib o‘tadi.
Yakuniy 2-bosqich esa har yili dekabr oyida “Mudofaa vaziri kubogi” musobaqasi bilan yakunlanadi.
Qarorga muvofiq, musobaqa g‘oliblarini rag‘batlantirishning aniq tizimi joriy etildi.
Xususan, 1-bosqichda har bir g‘olib aʼzoga 10 mln so‘m, 2-bosqichda 30 mln so‘m va 3-bosqichda 50 mln so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi. Har bir bosqich yakunida tegishli ravishda harbiy qism komandiri, okrug qo‘mondoni va Mudofaa vaziri kuboklari topshiriladi.
Mudofaa vazirligi musobaqalarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi.
Musobaqada ishtirok etuvchi hamda saralab olingan harbiy xizmatchilar hisobini yuritish maqsadida xizmat doirasida foydalanish uchun mo‘ljallangan yagona elektron reyestr joriy etiladi.
Avvalroq AQSH kompaniyasi O‘zbekistonda Dron akademiyasini ochishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.