Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining 2 nafar tezkor xodimi ushlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.

Shayxontohur tumani IIO FMB Jinoyat qidiruv bo‘limi katta tezkor vakili poytaxt IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi katta tezkor vakili bilan o‘zaro kelishadi.

Ular Olmazorda yashovchi fuqaroga uning yonidan topilgan 3 gramm “gashish” moddasi bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv hujjatlari doirasida jinoiy javobgarlikka tortmaslikni vaʼda qiladi.

Buning evaziga $2200 talab qilib, muqaddam $1000 oladi. Ammo, u qolgan $1200 ni o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, Toshkent shahar IIBB JQB katta tezkor vakili ham protsessual tartibda qo‘lga olindi.

Hozirda gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkentda FVB xodimiga $30 ming pora bermoqchi bo‘lgan quruvchi ushlangandi.