Shavkat Mirziyoyev 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir qator tadbirkor ayollarni mukofotladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Farmonda taʼkidlanishicha, boy bilim va tajribasi bilan mamlakatdagi islohotlar jarayonida faol qatnashib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalq farovonligini yuksaltirish yo‘lida alohida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan xotin-qizlar mukofotlandi. Jumladan:
“Do‘stlik” ordeni bilan
- Axmedova Zarifa Nishonovna — Zomin asali korxonasi rahbari (Jizzax viloyati);
- Bakiyeva Narziniso Mirzoyevna — Boqiyeva Nazira fermer xo‘jaligi boshlig‘i (Toshkent viloyati);
- Daminova Muxabbat Jabborovna — Orzu Daminzoda fermer xo‘jaligi boshlig‘i (Surxondaryo viloyati).
II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan
- Karimova Barno Patxullayevna — Iffatli kelin o‘quv markazi ta‘sischisi (Toshkent shahri).
“Sog‘lom turmush” medali bilan
- Pazilova Muxoyoxon Yakubjonovna — Miss fitness ayollar sog‘lomlashtirish markazi rahbari (Farg‘ona viloyati).
“Kelajak bunyodkori” medali bilan
- Muksinova Mahliyoxon Azizjon qizi — Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi bosh direktorining IT-xizmatlar eksportini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari.
“Shuhrat” medali bilan
- Abduvohidova Shaxnoza Abduganiyevna — Uzinfocom‘ning raqamlashtirish bo‘yicha direktori;
- Atayeva Mukaddas Matyakubovna — Yakka tartibdagi tadbirkor, gul yetishtiruvchi (Xorazm viloyati);
- Bo‘ranova Aychurak Ravshanbekovna — Flowers Anya korxonasi rahbari (Andijon viloyati);
- Butayeva Zulayxo — Boyovut agropilla korxonasi pillachisi (Sirdaryo viloyati);
- Jo‘rayeva Nilufar Davronovna — Dream‘s Shahrinaz korxonasi rahbari, hunarmand-kashtachi (Surxondaryo viloyati);
- Muminova Zeboxon Rixsibayevna — Nova school nodavlat ta‘lim muassasasi rahbari (Toshkent shahri);
- Normatova Lobarxon Xolmatovna — Furqat fermer xo‘jaligi boshlig‘i (Farg‘ona viloyati);
- Xunarova Malaxat Xaydarovna — Oydin central service korxonasi rahbari (Toshkent viloyati).
Avvalroq O‘zbekistonda moliyaviy mustaqil va 21 yoshga to‘lgan yoshlar o‘rtasidagi nikoh rag‘batlantirilishi haqida xabar berilgandi.