Uzoq vaqt davomida texnologiya va moliya sohasi faqat “erkaklarga xos” degan qarash eng keng tarqalgan stereotip edi. Biroq vaqt o‘tishi bilan soha talablari o‘zgardi: bugungi kunda raqamli mahsulotlarning muvaffaqiyati nafaqat murakkab algoritmlarga, balki moslashuvchanlik, empatiya va foydalanuvchini his qilish qobiliyatiga ham bevosita bog‘liq.

Kompaniyada martaba o‘sishi stereotiplarga emas, balki tashabbuskorlik va professionallikka tayanadi. Bu yerda yangi g‘oyalar qo‘llab-quvvatlanadi, rivojlanish rag‘batlantiriladi va har bir xodimning o‘z salohiyatini namoyon etishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Video-intervyu qahramonlari uchta asosiy mavzu shubhalarni yengish va o‘ziga bo‘lgan ishonch, yetakchi lavozimlarga erishish yo‘li va dinamik IT-ritmida muvozanatni saqlash sirlari haqida so‘z yuritadilar.

Yoqimli tomosha.

Reklama huquqlari asosida.