2025-yilda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan 1,7 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

Shundan 335,5 mlrd so‘mi, ya’ni 19,6%i 20 ta korxona hissasiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 4,7 trln so‘mni, soliq imtiyozlari esa 46,3 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Yanvar-dekabr oylarida eng ko‘p soliq to‘lagan umumiy ovqatlanish korxonasi KFC tarmog‘ining O‘zbekistondagi franshizasi — International Foodchain bo‘ldi. Korxona tomonidan 89,5 mlrd so‘m soliq to‘langan.

Ikkinchi o‘rinda Mak Food Servis — Evos brendi turibdi. Kompaniya 69 mlrd so‘m soliq to‘ladi. Kuchli uchlikni 40,4 mlrd so‘m bilan Uzbekistan Airways aviakompaniyasining umumiy ovqatlanish sho‘ba korxonasi Ketring yakunlab berdi.

Quyida 20 ta umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan to‘langan soliqlar ko‘rsatilgan:

Kompaniya nomiTo‘langan soliqlar, mlrd so‘mda
International Foodchain (KFC)
89,5
Mak Food Servis (Evos)69
Ketring40,4
Oqtepa Food Service
38,7
Good Food Catering9
Feedup Eco
8,1
Savdo
7,5
PJ Eastern Group7,3
Bellissimo Pizza International
7,1
Maxway Food6,8
French Pastry
6,5
MOB Group6,4
Vanilla Food5,9
Chef Catering5,9
Alfa Best5,9
Wencaf4,8
Real Business Trade
4,5
The Choyxona Group4,2
Lambic4
Dodo Pizza Tashkent4

Avvalroq Toshkentda noqonuniy umumiy ovqatlanish va savdo obyektlarini demontaj qilish davom etayotgani haqida xabar berilgandi.

SES belgilanmagan joylarda joylashgan va sanitariya talablarini buzayotgan savdo shoxobchalari faoliyatini to‘xtatadi.