Surxondaryo viloyati transport boshqarmasida Litvaning Ollex kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Muzokaralarda viloyatga olib kelinishi rejalashtirilgan avtobuslarni shahar hamda shahar atrofi yo‘nalishlarida yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, ushbu avtobuslar to‘liq brutto shartnomasi asosida faoliyat yuritishi ta‘kidlandi.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda viloyatga avtobuslarni olib kelish hamda ularni yo‘nalishlarga chiqarish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Fevral oyida prezident raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Surxondaryoga olib kelinayotgan 125 ta avtobusni Sho‘rchi, Denov, Sariosiyo, Sherobod va Boysun yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘yish kerakligi aytilgandi.

Spot, avvalroq, yanvarda Toshkentda avtobuslarda chiptasiz yurgan 11,5 ming nafar yo‘lovchi jarimaga tortilgani haqida yozgandi.