14-martdan boshlab metan “zapravka"lar faoliyati bosqichma-bosqich qayta tiklana boshlaydi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Shoxobchalarning ish vaqti bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot berilishi aytildi.
13-mart kuni esa “zapravka"lar faqat ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi va jamoat transporti uchun faoliyat yuritadi.
Havo harorati pasayishi sababli 10-mart kuni soat 16:00 dan boshlab metan “zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etilishi aytilgandi. 12-mart kuni ham “zapravka"lar ijtimoiy soha va jamoat transporti uchun faoliyat yuritgan edi.
Spot, avvalroq, gaz uchun ijtimoiy norma aprelgacha uzaytirilishi mumkinligi haqida yozgandi.