O‘zyo‘lko‘prik klasteri davlat muassasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali mansabdor shaxsi firibgarlikda gumonlanmoqda. Bu haqda DXX xabar berdi.

U qurilish bilan shug‘ullanuvchi korxonaga Beruniy-To‘rtko‘l A380-sonli magistral yo‘l qurilishi loyihasining 5 kilometrlik ish hajmini olib berishni vaʼda qilgan.

Mansabdor shaxs bu ishni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali qilmoqchi bo‘lgan.

Ushbu ish uchun quruvchidan $10 ming talab qiladi. O‘tkazilgan tezkor tadbirda so‘ralgan pulni olayotganda ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Bo‘kada soliqchi 10 mln so‘m olayotganda ushlangani haqida xabar berilgandi.