Navro‘z bayrami munosabati bilan Toshkentdan Samarqand va Buxoroga qo‘shimcha Afrosiyob poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Temiryo‘lekspress matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishida poyezdlar 19, 23 va 24-mart kunlari qatnaydi.

Poyezd Toshkent markaziy vokzalidan soat 06:10 da (№778) jo‘nab ketadi, Buxorodan esa soat 18:08 da (№777) qaytadi.

Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishida esa qo‘shimcha qatnovlar 20, 21 va 22-mart kunlariga belgilangan.

Poyezd Samarqanddan soat 10:55 da (№775), Toshkentdan esa soat 13:56 da (№776) harakatlanadi.

2026-yil 1-fevraldan Afrosiyob elektropoyezdlari chipta narxlari 15%ga oshirilgandi. Chipta narxlari quyidagicha:

Yo‘nalish
Narxlar (so‘mda)
VIP
Biznes
Ekonom
Toshkent-Samarqand
709 ming
455 ming
311 ming
Toshkent-Qarshi
976 ming
642 ming
429 ming
Toshkent-Buxoro
1,13 mln
760 ming
509 ming

Avvalroq Uzbekistan Airways Navro‘z va Ramazon Hayiti munosabati bilan 15% gacha chegirma e’lon qilgandi.