“Poytaxt estetikasi tadbirkor hisobiga bo‘lmasligi kerak” — Yuksalish raisi peshlavhalarni demontaj qilishni to‘xtatishga chaqirdi
Bobur Bekmurodov holatni huquqiy normalar buzilishi deb baholab, har qanday majburlov chorasi sud qarori asosida amalga oshirilishi shartligini taʼkidladi.

Endi soliq qarzdorligi 1 mln so‘mdan oshsa, elektr energiyasi uchun to‘lovlar cheklanadi
Yangi tizim Namangan viloyatida sinov tarzida joriy etiladi. Agar yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik 1 mln so‘mdan oshgan bo‘lsa, fuqarolarga bir necha marotaba ogohlantirish yuboriladi.
Tez orada Toshkentda “aqlli bekatlar” paydo bo‘ladi
Ular videokuzatuv, SOS tugmasi, elektron jadval va vending qurilmalari bilan jihozlanadi.
OSAGO, trolleybus va tramvay chiptasi hamda go‘sht: O‘zbekistonda bir yilda eng ko‘p nimalar qimmatlashdi?
Fevral oyida eng ko‘p oziq-ovqat mahsulotlari arzonlashdi, bular qatorida qovoq, baqlajon, tarvuz, sarimsoq hamda shaftoli bor.
O‘zbekistonda sunʼiy intellektdan foydalanish bo‘yicha etika qoidalari tasdiqlandi
Hujjat sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanishda amal qilinishi kerak bo‘lgan tamoyillar, talablar hamda ishtirokchilarning huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- 2025-yilning to‘rtinchi choragida O‘zbekistonga Rossiya va Osiyodan pul o‘tkazmalari hajmi oshdi.
Bu mintaqalardan yuborilgan pul o‘tkazmalarining mos ravishda 43% va 39% ga oshishi umumiy transfertlar hajmi o‘sishining asosiy omillaridan biri bo‘ldi. - Internetda O‘zbekistonning virtual raqamlari ommaviy sotilmoqda. Vaziyat haqida nimalar ma‘lum?
Raqamli texnologiyalar vazirligi raqamlar onlayn xizmatlarda ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida faqat bir martalik kodlar uchun ishlatilishini ma‘lum qildi. - 235 ming so‘mdan boshlab: Uzbekistan Airways ichki reyslarda yangi tariflarni joriy qildi.
1-apreldan boshlab aviachiptalar narxining bir necha darajasini nazarda tutuvchi brend tariflari amal qiladi. - O‘zbekistonda aprel-iyun oylari ochiq turizm mavsumi bo‘ladi.
Aviakompaniyalar olib kelgan turist uchun $100 dan, turoperatorlarga 1 ming sayyoh uchun $5 minggacha subsidiya beriladi. - “Olti marta ‘yaxshi‘ deyishgan va g‘oyib bo‘lishgan” — ILMA Temu‘ning soliq majburiyatlari haqida.
Marketpleys bloklangach, xaridlar hajmi taxminan 95% ga kamaygan, qolgan 5%i esa VPN orqali cheklovlarni aylanib o‘tmoqda. - 2-maydan Toshkent-Xiva yo‘nalishida Hyundai Rotem tezyurar poyezdi qatnay boshlaydi.
Yo‘lga ketadigan vaqt ikki baravarga — 14 soatdan 7 soatga qisqaradi. Yetti vagondan iborat poyezd soatiga 260 km gacha tezlikka erisha oladi. - “Turli nizolarning oldini oladi” — Adliya vazirligi uy-joy va avtomobil oldi-sotdisidagi naqdsiz hisob-kitoblar haqida.
Vazirlikka ko‘ra, hisob-kitoblarning bank orqali amalga oshirilishi bitimlarni shaffof qilib, firibgarliklarning oldini oladi. - O‘zbekistonda tashqi va chakana savdoda kriptovalyuta to‘lovlari sinovdan o‘tkazilmoqda.
Buning uchun blokcheynga asoslangan to‘lov tizimi yaratiladi. Steyblkoinlardan foydalanish tranzaksiyalarni tezlashtiradi va arzonlashtiradi. - Kredit va mikroqarzlar reklamasida ogohlantirish joriy etiladi.
Moliyaviy xatarlar haqidagi matn reklama maydoni yoki vaqtining kamida 10%ini tashkil qilishi kerak. - 30-martdan boshlab Toshkentning ayrim hududlarida sovuq suv vaqtinchalik o‘chiriladi.
Ichimlik suvi poytaxt tumanlarining ayrim hududlarida 12-maygacha rejali profilaktika-ta'mirlash ishlari sababli navbatma-navbat to‘xtatiladi. Hududlarga esa maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi.



