Toshkent viloyatida 1-apreldan chiqindi olib ketish tariflari oshiriladi. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi qarori e’lon qilindi.
Qarorga ko‘ra, fuqarolar uchun qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish narxi oyiga bir kishi uchun QQSsiz 9700 ming so‘m, QQS bilan 10 864 so‘mni tashkil etadi.
Shuningdek, budjet va xo‘jalik tashkilotlari uchun narx 1 metr kvadratga 86 ming 890 so‘m (QQSsiz) va 97 ming 316 so‘mni (QQS bilan) qilib belgilanmoqda.
Bundan oldin Toshkent viloyati hokimiyati 2025-yil 1-yanvaridam chiqindilarni olib chiqish tariflarini oshirgan edi. O‘shanda jismoniy shaxslar uchun bir kishi uchun oyiga 7840 so‘m, yuridik shaxslar uchun bir kubometr uchun 82 880 so‘m etib belgilangandi.
2025-yil 1-noyabrdan Toshkentda chiqindi tashish bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lganda elektr energiyasi uchun to‘lovlarga cheklovlar kuchga kirdi.
Birinchi haftada qariyb 25,1 ming kishi 2,24 mlrd so‘mlik qarzdorlik to‘g‘risida xabarnoma oldi, shundan 6 ming abonent 5 kunlik muddat tugaganidan so‘ng cheklovlarga duchor bo‘ldi.
Yangi tizim dekabr oyida butun O‘zbekiston bo‘ylab ishlay boshladi. O‘shanda 231 ming abonent Hududiy elektr tarmoqlaridan 20,1 mlrd so‘mlik qarzdorlik haqida ogohlantirish olgan, shundan dastlabki besh kunda 9,4 mlrd so‘m to‘langan.
Cheklovlar faqat 2025-yil 1-iyuldan boshlab to‘plangan chiqindi qarzlariga taalluqli bo‘lib, ushbu sanagacha bo‘lgan qarzlarga ta’sir qilmaydi.
Qarzdorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar har oyning 3-sanasiga qadar Toza Makon tizimidan HET Billingga uzatiladi.
Avvalroq fevral oyida o‘zbekistonliklarning chiqindidan qarzdorligi 108 mlrd so‘mga yetgani haqida xabar berilgandi.
Hududiy elektr tarmoqlari tomonidan 1,1 mlndan ortiq ogohlantirishlar yuborildi va 200 mingga yaqin abonentlar uchun cheklovlar joriy etildi.
