O‘zbekiston-Tojikiston Oliy davlatlararo kengashining birinchi yig‘ilishidan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash va almashish marosimi bo‘ldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini kengaytirish to‘g‘risida qo‘shma bayonotni imzoladi.



Bundan tashqari, hukumatlar, vazirliklar va idoralar darajasida ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da kengaytirishga qaratilgan hujjatlar to‘plami imzolandi. Bular:
- Tovar ayirboshlashni oshirish dasturi;
- Sanoat kooperatsiyasi dasturi;
- Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashtirish elektron tizimlarini o‘zaro qo‘llash to‘g‘risida bitim;
- Sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Chegaraoldi hududlarda radiochastotalarni o‘zlashtirishni muvofiqlashtirish to‘g‘risida bitim;
- O‘zbekiston-Tojikiston investitsiya kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida bayonnoma;
- E-Permit axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Fanlar akademiyalari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- 2026−2028-yillarda sanoat va innovatsiyalar sohasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasi;
- 2026−2028-yillarda tog‘-kon sanoati va yangi texnologiyalar sohasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasi;
- 2026−2027-yillarda madaniyat sohasida hamkorlik bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;
- 2026−2028-yillarda turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
- 2026−2028-yillarda agrosanoat majmuida hamkorlikni yana-da rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
- innovatsiya, davlat xizmati, moliya, taʼlim va sud qarorlarini majburiy ijro etish sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum.






Spot, avvalroq, Yangi Toshkentdagi ko‘chalardan biriga Dushanbe nomi berilishi haqida yozgandi.








