Click SuperApp ilovasida endilikda Visa Sum kartalarini to‘ldirish va ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazmalarni amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Foydalanuvchilar istalgan bankning Visa Sum kartasini ilovaga qo‘shib, uchinchi tomon servislariga o‘tmasdan, bir necha bosishda unga o‘tkazmalarni amalga oshirishi mumkin.
Yangi imkoniyat Visa Sum’dan kundalik moliyaviy vazifalarda foydalanishni yanada qulay qiladi. Xususan, foydalanuvchilar:
- keyingi onlayn xaridlar va xizmatlar to‘lovi uchun Visa Sum kartalarini tezda to‘ldirishi;
- yaqinlariga istalgan bankning Visa Sum kartalariga mablag‘ o‘tkazishi mumkin.
Funksionallikning kengaytirilishi Click ekotizimini rivojlantirish va foydalanuvchilarning kundalik moliyaviy operatsiyalarini soddalashtirishga qaratilgan.
Kompaniyaning ta’kidicha, xalqaro to‘lov yechimlari bilan integratsiya xizmatini rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda.
Yangi imkoniyat allaqachon Click SuperApp foydalanuvchilari uchun mavjud.
Reklama huquqlari asosida.