Xitoyning China Eastern Airlines aviakompaniyasi Shanxay-Toshkent-Shanxay yo‘nalishida muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘ydi, deya xabar berdi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.
30-mart kuni aviakompaniyaning Shanxaydan uchgan MU6037 reysi mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.
Shuningdek, poytaxt aeroportida Toshkentdan Shanxayga uchuvchi ilk yo‘lovchilar ham tantanali ravishda ro‘yxatdan o‘tishdi.
Parvozlar haftasiga to‘rt marta — dushanba, seshanba, payshanba va shanba kunlari qulay Airbus A330 samolyotlarida amalga oshiriladi. Safar davomiyligi taxminan 8 soatni tashkil etadi.
2025-yil iyil oyida aviakompaniya O‘zbekistonga parvozlar uchun ruxsat oldi. Avviakompaniya muntazam qatnovlarni Sian-Toshkent-Sian yo‘nalishida A320−251N havo kemalarida amalga oshiradi.
Aaviatashuvchi O‘zbekiston bozoriga ilk bor o‘tgan yilning iyul oyida Sian-Toshkent-Sian yo‘nalishini ochish bilan kirib kelgan edi va ushbu yo‘nalish yo‘lovchilar orasida ommalashishga ulgurdi.




China Eastern Airlines — 1988-yilda tashkil etilgan, Tashuvchi Shanxayda joylashgan bo‘lib, 220 dan ortiq shaharlarga parvozlarni amalga oshiradi va 663 ta samolyotdan iborat flotga ega.
Avvalroq Spot Farg‘ona aeroportida 35 yildan so‘ng ilk bor perron kapital ta‘mirlanayotgani haqida yozgandi.
Mavjud maydonni qayta rejalashtirish hisobiga havo kemalari uchun turar joylar soni 9 taga yetadi.



