Avvalroq prezidentning atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan Toza havo loyihasini amalga oshirish bo‘yicha farmoni qabul qilingani haqida xabar berilgandi.

Hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-maydan har oyning 10 va 25-sanalarida Avtomobilsiz kun, Avtomobilsiz hafta aksiyalari o‘tkazib boriladi.

Bunda mazkur aksiyalar doirasida davlat xizmatchilari tomonidan xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish qatʼiyan taqiqlanadi.

Ushbu sanalar ish kunlariga to‘g‘ri kelganda haydovchilarning ish haqi saqlab qolinadi.

O‘zbekistonda 2024-yil boshidan boshlab “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasi amalga oshirilmoqda. Bunda har oyning to‘rtinchi chorshanbasida mazkur loyiha amalda bo‘ladi.

Mazkur loyiha boshlanganda ko‘plab vazirlar va davlat xizmatchilari ish joyiga avtomobilsiz kelgandi.

Spot, avvalroq, Trade-in orqali yangi avtomashina xarid qilishda avtokredit foizining bir qismi qoplab berilishi haqida yozgandi.