O‘zbekistonda dollar kursi pasaydi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ldi.
1-apreldan amal qiladigan Amerika valyutasining rasmiy kursi 12 194,21 so‘m etib belgilandi. Savdo kuni davomida kurs 16 so‘m 50 tiyinga pasaydi.
Valyutalar kursining o‘zgarish dinamikasi hamda banklardagi valyuta kurslari bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.
Avvalroq Spot O‘zbekistonda mart oyida dollarning rasmiy kursi qanday o‘zgargani haqida yozgandi.
O‘tayotgan oyda milliy valyuta dollarga nisbatan 74,14 so‘mga yoki 0,61%ga arzonlashib, 12 210,71 so‘mni tashkil etdi. Oyning birinchi yarmida so‘m mustahkamlandi, kurs esa 12 100 so‘mlik psixologik ko‘rsatkichdan ham pastga tushdi.
Biroq, davrning ikkinchi yarmida milliy valyuta deyarli har bir savdo sessiyasida arzonlashdi. Dollar/so‘m juftligidagi savdolar hajmining eng yuqori cho‘qqisi mart oyining o‘rtalariga to‘g‘ri keldi.
2025-yilning yanvar-dekabr oylari yakuniga ko‘ra, milliy valyuta dollarga nisbatan 6,93% ga yoki deyarli 900 so‘mga mustahkamlanib, 12 025,23 so‘mni tashkil etgandi.