Namanganda soliq inspeksiyasi xodimi ushlandi, deb xabar berdi DXX.

Chust tumanida yashovchi ayol savdo sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi korxona ish yurituvchisining ishonchiga kiradi.

U korxonaning 376,6 mln so‘m soliq qarzdorligini ushbu tizimda ishlovchi tanishlari yordamida bartaraf qilib berishni vaʼda qiladi.

Buning evaziga korxona vakilidan 20 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida mazkur noqonuniy ishga Chust tumani soliq inspeksiyasining bosh inspektori aloqador ekanligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bunga qadar Bo‘kada soliqchi 10 mln so‘m olayotganda ushlangandi. U fermer xo‘jalikning soliqdan mavjud qarzdorligini to‘lash muddatini uzaytirib berishni vaʼda qilgan.

Spot, avvalroq, propan narxini sun‘iy oshirgan 31 ta kompaniyaga chora ko‘rilgani haqida yozgandi.