1-apreldan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-246-sonli farmoniga muvofiq, ayrim sohalarda to‘lovlar faqat naqdsiz shaklda amalga oshiriladi. Bu o‘zgarishlar fonida Agrobank filiallar, raqamli xizmatlar va mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini yangi tartibga moslashtirdi.

Bank hozirda respublika bo‘ylab qariyb 170 ta filial, 150 dan ortiq smart ofis va 38 ta bank xizmatlari markazi orqali xizmat ko‘rsatmoqda. Yangi bosqichda asosiy e’tibor mijozlar uchun jarayonni iloji boricha oson va tez qilishga qaratilgan.

agrobank, reklama

Kartalarni bepul rasmiylashtirish mumkin

30-martdan 30-aprelga qadar Agrobankning barcha filiallarida Uzcard va Visa Classic kartalarini bepul rasmiylashtirish mumkin. Bu taklif naqdsiz to‘lovga o‘tishga tayyorgarlik ko‘rayotganlar uchun qo‘shimcha yengillik yaratadi.

Filiallarda “yashil yo‘lak” ishlaydi

Karta ochish jarayonini tezlashtirish uchun filiallarda “yashil yo‘lak” xizmati yo‘lga qo‘yildi. Bu orqali mijozlarga navbatsiz xizmat ko‘rsatiladi, shuningdek, aholiga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida bank filiallari haftaning barcha kunlarida, jumladan dam olish kunlari ham uzluksiz faoliyat yuritmoqda.

agrobank, reklama

Yirik bitimlar uchun eskrou hisobvaraqlari joriy etildi

Ko‘chmas mulk va avtotransport oldi-sotdisi kabi bitimlar uchun Agrobank eskrou hisobvaraqlari xizmatini taklif qilmoqda. Bu mexanizmda mablag‘ bankda saqlanadi va to‘lov sotuvchi shartlarni bajarganidan keyin o‘tkaziladi. Bu esa xaridor va sotuvchi uchun bitimni yanada ishonchliroq qiladi.

Kartani qisqa vaqtda olish imkoniyati bor

Bank “Bir zumda” moment karta xizmatini ham ishga tushirdi. Uni “Agrobank Mobile” ilovasi orqali rasmiylashtirish mumkin. Shuningdek, smart ofislardagi kartomatlar orqali ham kartani bir necha daqiqa ichida olish imkoniyati bor.

agrobank, reklama

Aloqa markazi 24/7 rejimda ishlaydi

Yangi tartibga o‘tish davrida murojaatlar ko‘payishi inobatga olinib, aloqa markazi imkoniyatlari kengaytirildi. Endi u sutkaning 24 soati, haftaning yetti kunida ishlaydi. Bu orqali mijozlar eskrou hisobvaraqlari, raqamli xizmatlar va boshqa bank mahsulotlari bo‘yicha ma’lumot olishlari mumkin.

Infratuzilma tayyor holatga keltirildi

Bankning hududiy bo‘linmalari, POS-terminallari va raqamli xizmat kanallari texnik tayyorgarlikdan o‘tkazildi. 1500 dan ortiq bankomat xizmat ko‘rsatishga tayyor. Olis va qishloq hududlardagi filiallar ham zarur texnik jihozlar bilan ta’minlangan.

Shuningdek, ADM qurilmalari va bank kassalari orqali kartani to‘ldirish xizmati 0 foiz komissiya bilan amalga oshiriladi. Bank xodimlari esa mijozlarga tez va aniq yordam berish uchun qo‘shimcha tayyorgarlikdan o‘tgan.

Tushuntirish ishlari ham olib borilmoqda

Yangi tartib bo‘yicha fuqarolarga qo‘shimcha tushuntirish berish uchun respublika bo‘ylab avtoyoqilg‘i quyish shoxobchalari va notarial idoralarda 400 ga yaqin mas’ul xodim jalb qilingan. Ular orqali to‘lov usullari va amaliy jarayonlar haqida ma’lumot berilmoqda.

Naqdsiz to‘lovlarga o‘tish — bu faqat yangi talablarni bajarish emas. Bu, shuningdek, xavfsizroq, shaffofroq va qulayroq moliyaviy muhitga o‘tish hamdir. Agrobank bu jarayonda mijozlar uchun xizmatlarni sodda va tushunarli qilishga e’tibor qaratmoqda.

Reklama huquqlari asosida.