Maroon by Novikov’ning ochilishi brendning O‘zbekiston bozoriga kirib kelishini va poytaxtning restoran madaniyati rivojida yangi bosqich boshlanganini anglatadi.

Birinchi qadamdanoq mehmon o‘zini Sharq muhitiga tushib qolgandek his qiladi: birinchi qavatda mangal va o‘tinli pechlar bilan jihozlangan ochiq oshxona joylashgan. Krivtsova & Redina jamoasi tomonidan yaratilgan interer gumbazsimon shiftlari va nafis matolari bilan sharqona saroyni yodga solib, hashamat va shinamlik muhitini uyg‘otadi.

maroon by novikov, reklama

Loyihaning brend shefi — Vladimir Bogojavets. U 2023-yilda guruhning ikkita yirik loyihasi — Maroon va Meraki’ning brend shefiga aylangan va Novikov Group’da 12 yildan ortiq vaqtdan buyon faoliyat yuritib keladi. U ko‘p sayohat qiladi va dunyoning har bir nuqtasidan nafaqat mahsulotlar, balki butun boshli ta’m tarixlarini olib keladi. U har bir taom yangicha taassurot uyg‘otishi va shu bilan birga, tanish ta’mni yodga solishi uchun menyuga yangi uslub va yechimlarni qo‘shib, izlanishdan to‘xtamaydi. Shef uchun nafaqat taomlarning yuksak sifati, balki jamoaning hamjihatligi va ta’mlarning mukammal muvozanati ham muhim — zero, har bir taom sayohat haqida hikoya qiladi.

maroon by novikov, reklama

Toshkentdagi Maroon restoranining shef oshpazi — O‘tkir Saparov. U mahalliy mahsulotlar haqida chuqur bilimga ega, Moskva va Toshkent restoranlarida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan professionaldir.

Maroon menyusi — bu Iordaniya, Marokash, Livan, Suriya kabi Sharq mamlakatlarining sara gastronomik an’analari. Tanishuv an’anaviy Yaqin Sharq gazaklari — humus, matbuha va mutabaldan boshlanadi. Ular o‘tin pechida pishirilgan non bilan birga tortiladi.

maroon by novikov, reklama

Taomnomadan, shuningdek, mahsulotlarning g‘aroyib uyg‘unligi va xushbo‘y ziravorlari bilan Toshkent ahlini lol qoldiradigan sharqona tansiq taomlar ham o‘rin olgan: fatush salati, turli xil qutablar, manakish (sabzavot va tovuq go‘shti solib pishirilgan xushbo‘y non) va boshqalar. Issiq taomga qo‘zichoq, mol go‘shti, tovuq yoki qisqichbaqadan tayyorlangan sersuv lulalarni tanlashingiz mumkin — ular yupqa lavash ustida, ziravorli qayla va ko‘katlar bilan tortiladi. Yoki Marokash va Jazoirning an’anaviy retseptlari asosida tayyorlanadigan tojin taomiga e’tibor qaratish ham mumkin — Maroon’da kurka, qo‘zichoq go‘shti va dengiz mahsulotlari bilan pishirilgan tojinni tatib ko‘rish imkoni bor.

maroon by novikov, reklama

Desertlar ro‘yxati alohida e’tiborga loyiq: mavsumiy mevalar, rezavorlar, mahorat bilan tayyorlangan an’anaviy tortlar va sharqona shirinliklar — har bir mehmon o‘z sevimli desertini topa oladi.

maroon by novikov, reklama

Maroon by Novikov — Toshkentdan chiqmagan holda gastronomik sayohatga otlanishni istaganlar, shuningdek, Sharqning yorqin ta’mlari va nafosatini qadrlaydiganlar uchun mo‘ljallangan restoran. Bu yerdagi har bir taom — sinchkovlik bilan o‘rganishga arziydigan haqiqiy xazina.

Manzil: Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasi 120 DoubleTree by Hilton Tashkent mehmonxonasidagi restoran.

Sayt: tashkent.maroon.rest
Instagram: @tashkent.maroon.rest

Reklama huquqlari asosida.