26-mart kuni O‘zbekistonda BYD brendining model qatoridagi uzoq kutilgan yangilik — ixcham krossover BYD Yuan Up DM-i taqdimoti o‘tkazilgan bo‘lsa, oradan atigi bir necha kun o‘tib, 30-mart kuni ilk xaridorlar o‘z avtomobillarini qabul qilib oldilar. Bu esa brendning mijozlar oldidagi yuqori mas’uliyatini yaqqol namoyon etadi.

bdy yuan up, reklama

Tantanali tadbir aynan BYD Rohat Astana Motors dilerlik markazida bo‘lib o‘tdi. Rasmiy qismni O‘zbekistondagi brendning rasmiy distribyutori savdo direktori Rokki Yang ochib berdi va xaridorlarni muvaffaqiyatli tanlov bilan tabrikladi.

Gibrid krossoverning imkoniyatlari va afzalliklari haqida taqdimotdan so‘ng, avtomobillar kalitlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Kalitlar va sovg‘alar ilk egalarga Rokki Yang hamda Dilshod Umarov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Bayramona muhitni zamonaviy musiqiy bezak yanada boyitdi — xalqaro tanlovlar laureati, pianinochi Bobir Mirsaidov raqamli pianinoda klassik va zamonaviy asarlarni virtuoz tarzda ijro etdi. Qiziqarli jihati shundaki, pianino BYD Yuan Up DM-i avtomobilining V2L funksiyasi orqali ishladi. Ta’kidlash joizki, taqdim etilgan model qatoridagi barcha avtomobillar ushbu funksiyani qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa hatto uzoq safarlarda ham qulaylikni saqlab qolish imkonini beradi.

bdy yuan up, reklama

Tadbirning yana bir o‘ziga xos jihati — aynan ushbu avtomobil uchun eksklyuziv atir yaratish bo‘yicha mahorat darsi bo‘ldi. Mehmonlar ilhom bilan BYD Yuan Up DM-i uchun o‘ziga xos hid kompozitsiyalarini yaratib, o‘z individual tasavvurlarini ifoda etdilar.

bdy yuan up, reklama

Ammo kechaning bosh qahramoni, albatta, aynan BYD Yuan Up DM-i avtomobili bo‘ldi. Uning asosiy xususiyatlari:

  • zamonaviy va oson taniladigan dizayn, panoramali tom bilan yanada boyitilgan;
  • yoqilg‘i sarfining yuqori tejamkorligi — 100 km ga 3,1 l dan boshlab;
  • quvvat: 145 ot kuchi;
  • 0 dan 100 km/soatgacha tezlanish: 7,5 soniya;
  • umumiy yurish zaxirasi 1100 km gacha — uzoq safarlar uchun qulay;
  • elektr rejimida yurish masofasi: 110 km gacha;
  • rul va o‘rindiqlar isitish funksiyasi;
  • kuzov uchun dolzarb va zamonaviy ranglar palitrasi;
  • multimedia interfeysi o‘zbek va rus tillarini qo‘llab-quvvatlaydi. Eslatib o‘tamiz, BYD — o‘zbek tilidagi interfeysni taklif qilayotgan yagona brend bo‘lib, bu avtomobil imkoniyatlaridan yanada qulay foydalanish imkonini beradi;
  • NFC karta orqali kalitsiz kirish va 4G qo‘llab-quvvatlovi asosida mobil ilova orqali boshqaruv;
  • zamonaviy xavfsizlik tizimlari, jumladan 360° kamera va boshqa ko‘plab funksiyalar mavjud.

bdy yuan up, reklama

BYD Yuan Up DM-i avtomobili Flagship komplektatsiyasida taqdim etilgan.

Avtomobilning texnik xususiyatlari bilan batafsil quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

266,7 mln so‘m narxi esa ushbu yangilikni yaqin kelajakdagi haqiqiy favoritlardan biri sifatida ko‘rish imkonini beradi. Avtomobilni kredit asosida ham xarid qilish mumkin.

bdy yuan up, reklama

BYD Yuan Up DM-i hamda brendning boshqa rasmiy taqdim etilgan modellari uchun test-drayvdan BYD Astana Motors dilerlik markazlarida o‘tish mumkin.

Test-drayvga yozilish, avtomobillar xususiyatlari va kredit shartlari bo‘yicha mutaxassisdan maslahat olish uchun 1322 raqamiga murojaat qilish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.