3-apreldan 5-aprelga qadar Toshkentda Markaziy Yevroosiyo venchur forumi (CEVF) bo‘lib o‘tdi. Tadbirning birinchi kuni dasturidan o‘rin olgan “startaplar alleyasi"da O‘zbekiston va Qozog‘istoning bir qator loyihalari namoyish etildi.

Unda biznes jarayonlarini soddalashtiruvchi servislar, savdo va logistika yechimlari, shuningdek, loyihalar monitoringi hamda investitsiya ekotizimiga oid platformalar taqdim qilindi.

Spot forum doirasida tashkil etilgan ushbu ko‘rgazmada namoyish etilgan ayrim loyihalar haqida qisqacha hikoya qiladi.


Yo‘l azobiga qarshi kurashuvchi loyiha

Tezbor. Loyiha yetkazib berish xizmati bo‘lib, u hozirda Qirg‘iziston va Qozog‘istonda ham faoliyat yuritmoqda. Kompaniya Beeline, BeeMarket, Ozon hamda Sanoat Qurilish Banki kabi hamkorlar bilan ishlamoqda. Investorlar qatorida Turkiyadagi Domino Ventures bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Tezride. Loyiha yo‘lovchi tashish bo‘lib, u Yandex Taxi’ga o‘xshash bo‘lsa-da, o‘ziga xos farqli jihatlariga ega. Masalan, talabalar viloyatlardan Toshkentga o‘qishga kelishda ko‘pincha taksi xizmatidan foydalanishadi. Biroq bu jarayon ko‘p vaqt talab qilishi, ba’zida esa xavfsiz bo‘lmasligi mumkin. Tezride loyihasi aynan mana shu muammolarni bartaraf etishga qaratilgan.

Ilova orqali foydalanuvchilar mashina holati, narx va vaqt bo‘yicha kelishuvlarni onlayn amalga oshirishi mumkin. Loyiha O‘zbekistonda ishga tushgan, kelajakda Yevropa, Daniyada faoliyat boshlashi rejalashtirimoqda.

bito, cevf, ioka, tezbor, tezride


Savdoni yagona tizim orqali boshqarish

Bu yerdan o‘rin olgan yana bir loyiha O‘zbekistonda elektron tijorat sohasida Robosell platformasi hisoblanadi. Loyiha vakili Shohruh Aytimovning tushuntirishicha, ushbu platforma onlayn savdo bilan bog‘liq barcha jarayonlarni bir joyda jamlaydigan yagona markaz vazifasini bajarmoqda.

Startap 2022-yil yakunida marketing agentligi asoschisi va bir nafar dasturchidan iborat kichik jamoa bilan boshlagan. Bugungi kunga kelib, jamoa a’zolari soni 20 nafardan oshib, kengayishda davom etmoqda.

Startap o‘z faoliyati davomida mahalliy va xorijiy venchur fondlarining e’tiborini tortishga ham ulgurgan. Xususan, UzVC Ventures kabi fondlardan jami $375 ming investitsiya jalb qilingan.

bito, cevf, ioka, tezbor, tezride

Uning asosiy ustunligi, masalan, mahalliy bozorga to‘liq moslashganida. Shohruh Aytimovning ta’kidlashicha, Robosell 20−30 dan ortiq tayyor integratsiyalarni taqdim etmoqda.

Kompaniya “uydan boshlash” tamoyiliga amal qilgan holda, dastlab Markaziy Osiyo bozorida o‘z o‘rnini mustahkamlashni, so‘ngra Mena mintaqasiga, u yerdan esa Yevropa va Amerika bozorlariga chiqishni rejalashtirmoqda.

Biznes operatsiyalarini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan startap

“Startaplar alleyasi"dan o‘rin olgan yana bir loyiha Virtual Accelerate deb nomlangan. Startap biznes operatsiyalarini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan o‘ziga xos platforma hisoblanadi.

Tizim asosan, tadbirkorlik o‘quv kurslari tashkilotchilari, mahalliy startaplar hamda investorlar uchun xizmat qiladi. Loyihaning asosiy maqsadi barcha ishtirokchilarni yagona platformada birlashtirib, mamlakatda investitsiya va biznes ta’limi uchun yaxlit ekotizim shakllantirishdir.

2022-yildan buyon faoliyat yuritayotgan loyiha hozirga qadar 9 ta davlatni qamrab olishga ulgurgan. O‘tgan davr mobaynida 16 ta dastur amalga oshirilib, foydalanuvchilar soni 4000 tadan oshgan. Hozirda platforma O‘zbekiston bozoriga faol kirib bormoqda, deydi loyiha mutaxassisi.

bito, cevf, ioka, tezbor, tezride

Platformada investorlar uchun alohida kirish imkoniyati yaratilgan. Investitsiya jalb qilish istagida bo‘lgan loyihalar uchun maxsus “Demo kunlari” tashkil etiladi. Mazkur tadbirlar tadbirkorlarga nafaqat sarmoya topish, balki tajriba almashish hamda soha mutaxassislari bilan aloqalar o‘rnatish imkonini beradi.

Chiptalarni xarid qilishdan tortib raqamli ekotizimgacha

O‘zbekiston bozorida ikki yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan ioka startapi ham tadbir ishtirokchilari safidan o‘rin olgan. Loyihaning asosiy vazifasi mijozlarga aviatsiya va temir yo‘l qatnovlari uchun chiptalarni onlayn xarid qilish imkonini berish hamda narxlardagi tafovutlarni ochiq-oydin ko‘rsatish orqali maqbul variantni tanlashga ko‘maklashishdan iborat.

Foydalanuvchilarga qulay bo‘lishi uchun platforma uchta tilda: o‘zbek, rus va ingliz tillarida ishlamoqda.

Spot “startaplar alleyasi"da yuzlangan navbatdagi loyiha BITO deb nomlanadi. Loyiha asoschisi Umidjon Po‘latov BITO platformasining yaratilish tarixi, jalb qilingan investitsiyalar va biznesni boshqarishdagi innovatsion yechimlar haqida so‘zlab berdi.

bito, cevf, ioka, tezbor, tezride

BITO — kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun mo‘ljallangan yaxlit raqamli ekotizimdir. Platforma savdo jarayonlari, ombor hisobi va menejment uchun zarur barcha instrumentlarni yagona tizimga jamlagan.

Loyihaning strategik maqsadi O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun biznesni boshqarishning milliy standartini joriy etishdan iborat. Hozirda kompaniya O‘rta Osiyodagi top-3 talikdan joy olishni va o‘z o‘rnini mustahkamlashni rejalashtirmoqda.