Google Chrome va Chromium platformasidagi brauzerlar yaqin orada mediafayllarni keyinroq yuklash funksiyasiga ega bo‘ladi. Bu haqda Windows Lates nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu funksiya orqali trafik sarfini kamaytirib, sahifalarning ochilishini tezlashtirish mumkingoofg.

Lazy loading texnologiyasi Chromeda bir necha yildan buyon mavjud, biroq u faqat rasmlar va ichki freymlarga nisbatan qo‘llanilar edi.

Mustaqil dasturchi Helmut Yanushka ushbu texnologiyani video va audioga ham tatbiq etishni taklif qildi.

Uning ishlash tamoyili oddiy: mediafayllar sahifa ochilishi bilan darhol emas, balki foydalanuvchi kerakli joyga kelgandagina yuklanadi.

Google kompaniyasi Chrome brauzerida Gemini va Nano Banana sun’iy intellektlari ishlashini Hindiston, Yangi Zelandiya va Kanadada taqdim etdi.

Sun’iy intellekt yordamida brauzerga yangi kuchli funksiyalar qo‘shildi. Ular foydalanuvchilarga kundalik ishlar, ish faoliyati va ta’lim jarayonida kerakli ma’lumotlarni tez va samarali topish hamda ulardan foydalanish imkonini beradi.

Kompaniya ma’lum qilishicha, hind, fransuz va ispan tillarini o‘z ichiga olgan 50 dan ortiq yangi til qo‘llab-quvvatlanadi.

Gemini 3.1 asosidagi ushbu funksiyalar dastlab ushbu hududlarda kompyuter va iOS qurilmalarida ishga tushiriladi.

Android foydalanuvchilari esa Chrome yoki boshqa ilovalardan foydalanganda quvvat tugmasini bosib turish orqali Gemini’ni faollashtirishi mumkin.

Yangi funksiyalar orqali sun’iy intellekt yordamchisi bilan chat orqali suhbatlashish, bunda boshqa sahifaga o‘tish shart emas.

Chromedagi Gemini endi Hindiston, Yangi Zelandiya va Kanadadagi barcha Mac, Windows va Chromebook Plus foydalanuvchilari uchun ochiq.

Eng ommabop ilovalar bilan integratsiya: Gmail, Google Maps, Google Calendar, YouTube va boshqalar. Bu orqali kalendar orqali uchrashuvlarni rejalashtirish, xaritalarda joylashuv haqida ma’lumot ko‘rish va YouTube videolari haqida savollar berish mumkin.

Gmail bilan ishlash joriy sahifadan chiqmasdan elektron pochta xabarlarini yuborish imkoniyatini beradi. Chrome brauzeridagi Gemini yon paneldan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xatlar yaratish va yuborishga yordam beradi.

Nano Banana 2 muharriri internetdagi rasmlarni fayllarni yuklamasdan yoki yangi varaq ochmasdan o‘zgartiradi.

Security by design dasturi internet sahifasidan tezkor amalga oshirishni aniqlash imkonini beradi va elektron pochta xabarini yuborish yoki tadbirni qo‘shishni tasdiqlashni so‘raydi.

Ishlab chiquvchilar yil davomida yangi imkoniyatlarni qo‘shish va yanada ko‘proq hududlar va tillarni qamrab olishga va’da berishmoqda.