Google nutqni internetsiz va obunalarsiz matnga aylantiruvchi ilovani ishga tushirdi. Bu haqda Android Authority xabar berdi.

Ilova Google AI Edge Eloquent deb nomlanib, hozircha faqat iOS uchun mo‘ljallangan versiyada mavjud.

Ishlab chiquvchi tizimga chuqur integratsiyalashgan Android versiyasini ham taqdim etishga va’da berdi.

Ilovani o‘rnatgach, foydalanuvchi ochiq kodli Gemma asosidagi mahalliy sun’iy intellekt modelini o‘rnatishi va smartfonga matnni aytib turishi mumkin.

Matn aytib turilayotgan vaqtda real vaqt rejimida paydo bo‘ladi, pauza qilinganda esa ilova keraksiz so‘zlarni o‘chirib, matnni yaxshilashni taklif etadi.

Shuningdek, asosiy fikrlar bo‘yicha qisqacha mazmun yaratish, matnni rasmiy uslubga o‘tkazish hamda “Qisqa” (Short) va “Uzun” (Long) kabi funksiyalar mavjud.

Bulutli rejimni o‘chirib, faqat mahalliy ma’lumotlarni qayta ishlashni yoqib qo‘yish mumkin — bulutli xizmat matnni tozalash uchun javobgardir.

Google AI Edge Eloquent Gmail yozishmalaridan ma’lum kalit so‘zlar, atoqli otlar va jargonlarni import qilish imkoniyatini beradi; o‘zingizning so‘zlaringizni qo‘lda qo‘shishingiz ham mumkin.

Avvalroq Google Chrome va Chromium platformasidagi brauzerlar yaqin orada mediafayllarni keyinroq yuklash funksiyasiga ega bo‘lishi haqida xabar berilgandi.

Qayd etilishicha, bu funksiya orqali trafik sarfini kamaytirib, sahifalarning ochilishini tezlashtirish mumkin.

Lazy loading texnologiyasi Chromeda bir necha yildan buyon mavjud, biroq u faqat rasmlar va ichki freymlarga nisbatan qo‘llanilar edi.

Mustaqil dasturchi Helmut Yanushka ushbu texnologiyani video va audioga ham tatbiq etishni taklif qildi.

Uning ishlash tamoyili oddiy: mediafayllar sahifa ochilishi bilan darhol emas, balki foydalanuvchi kerakli joyga kelgandagina yuklanadi.

Google kompaniyasi Chrome brauzerida Gemini va Nano Banana sun’iy intellektlari ishlashini Hindiston, Yangi Zelandiya va Kanadada taqdim etdi.