“Servolyuks” xalqaro agroxoldingi va Jo‘ja brendi allaqachon UzFood ko‘rgazmasining an’anaviy ishtirokchilariga aylangan. Bu esa biznes aloqalarni yo‘lga qo‘yish, yangi hamkorlarni topish hamda o‘sish va rivojlanishni namoyish etish uchun samarali platforma ekanini tasdiqlaydi. Joriy yilda kompaniya forumda assortimentdagi yangiliklarni taqdim etdi hamda hamkorlarni O‘zbekistonda joylashgan yangilangan ishlab chiqarish maydonlari bilan tanishtirdi.

jo'ja, reklama

JO‘JA brendining mahsulot portfeli lotoklarda taqdim etiladigan keng turdagi sovutilgan mahsulotlar hamda muzlatilgan mahsulotlar toifasidagi yangi pozitsiyalar: stripslar, uy burgerlari uchun kotletlar va mini naggetslar bilan boyidi. Assortimentning kengayishi texnologiyalarning takomillashtirilishi va ishlab chiqarish quvvatlarining oshirilishi natijasidir.

jo'ja, reklama

Shu tariqa, 2025-yilda agroxolding tomonidan “Saxovat broyler” AJ majmuasi naslli parranda yetishtirish maydoni, so‘yish sexi, parrandaxonalar va inkubatorni o‘z ichiga olgan kompleks xarid qilindi. Mazkur majmuada jo‘jalarni joylashtirish jarayoni allaqachon yo‘lga qo‘yilgan.

jo'ja, reklama

Shuningdek, agroxoldingning O‘zbekistondagi ishlab chiqarish aktivlari tarkibiga quyidagilar kiradi: o‘zining omuxta yem zavodi, inkubator, parrandachilik maydonlari hamda “Fayz parranda” korxonasi: so‘yish sexi, yarim tayyor mahsulotlar sexi va ulgurji savdo do‘koni bilan. Investitsiya loyihasini amalga oshirish 2000 ta ish o‘rni yaratish imkonini beradi, bunda O‘zbekiston fuqarolarini ishga qabul qilishga ustuvorlik beriladi.

jo'ja, reklama

Toshkent shahrida JO‘JA brendining assortimentini taklif etuvchi firma savdo nuqtalari ochilgan. Bu yerda turli darajada tayyor bo‘lgan yuqori sifatli parranda go‘shti mahsulotlari jo‘ja go‘shtidan tortib naggetslarigacha taqdim etiladi. Barcha mahsulotlar qat’iy Halol standartlariga mos keladi. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 10 nafar xaridordan 9 nafari JO‘JA mahsulotlarini afzal ko‘radi, chunki ular uning xavfsizligi, sifati, ta’mi va uy sharoitida tayyorlash qulayligini yuqori baholaydi.

jo'ja, reklama

HoReCa kanali ehtiyojlari hamda professional oshxona talablarini inobatga olgan holda agroxolding Servolux Proffesional brendini ishlab chiqdi. Ushbu brend MDH mamlakatlari va O‘zbekistondagi yirik tezkor ovqatlanish tarmoqlari orasida katta talabga ega.

jo'ja, reklama

“Servolyuks” mehmonlari va hamkorlari ikkala brend mahsulotlari sifatini professional oshpaz tomonidan o‘tkazilgan gastronomik mahorat darsi davomida baholash imkoniga ega bo‘ldilar. Ishtirokchilarga Jo‘ja kotletidan tayyorlangan burgerlar, ikki turdagi naggetslar, stripslar, son go‘shtidan tayyorlangan shashlik, shirali tovuq filesidan “Sezar” salati va boshqa taomlar taqdim etildi.

jo'ja, reklama

Degustatsiya davomida mehmonlar oshpazlik hay’ati a’zolari sifatida ishtirok etib, parranda go‘shtidan taomlar tayyorlash sirlarini, tayyor mahsulotlarni to‘g‘ri qizdirish usullarini o‘rgandilar. Shuningdek, ular oshpaz va kompaniya vakillari bilan bevosita muloqot qilish imkoniga ega bo‘ldilar. Faol ishtirokchilar esa Jo‘ja brendidan sovg‘alar bilan taqdirlandi.

jo'ja, reklama

“Servolyuks” kompaniyasining noyob ishtirok dasturi va original stendi ko‘rgazma tashkilotchilari tomonidan yuqori baholandi. An’anaviy taqdirlash marosimida agroxolding vakillari ikki bor sahnaga chiqib, “Eng jozibador ekspozitsiya” va “Eng yaxshi promoushen” nominatsiyalarida mukofotlarga sazovor bo‘ldilar — ko‘rgazmani OAV va ijtimoiy tarmoqlarda professional yoritganliklari uchun.

jo'ja, reklama

Ko‘rgazma yakunlariga ko‘ra, “Servolyuks” kompaniyasi o‘nlab samarali muzokaralar o‘tkazdi, yangi shartnomalar tuzib, bozorning asosiy ishtirokchilari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamladi. UzFood 2026'dagi ishtirok yana bir bor JO‘JA va Servolux Proffesional brendlari sifat, ishonch va barqarorlik timsoli ekanini tasdiqladi.

Instagram: @joja_uzb
Telegram: t.me/joja_online
Youtube: @joja_online

Reklama huquqlari asosida.