Telegramda sun’iy intellektga asoslangan foydalanuvchi matnlarini uslublashtirish paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda messenjer hammuassisi Pavel Durov ma’lum qildi.
Tadbirkor ilovaning yangi versiyasida paydo bo‘lgan “to‘liq shaxsiy” matn muharriri ishga tushirilganini ta’kidladi.
Uning yordamida foydalanuvchilar matnlarni tarjima qilishlari, imlosini tekshirishlari, shuningdek, ularni boshqa uslubda qayta yozishlari mumkin.
Hozirda foydalanuvchilar uchun matnni uslublashtirishning yettita varianti mavjud. Ular orasida “Biblical”, “Corp”, “Zen”, “Tribal” va “Viking” mavjud.
“Bu oyda har bir kishi o‘z uslublarini yaratish va ulashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Telegram ichida yangi platforma tug‘ilmoqda!”, — dedi Durov.
Matn muharriri Telegramning aprel oyidagi yangilanishida paydo bo‘ldi. U xabar matnini mavjud uslublardan biri asosida, shu jumladan boshqa tilga tarjima qilish orqali o‘zgartirish imkonini beradi.
Funksiya avtomatik ravishda uch yoki undan ortiq matn qatorini kiritganda mavjud bo‘ladi. Bepul foydalanuvchilar uchun bir nechta foydalanish imkoniyati mavjud, Premium obuna bilan cheklovlar oshadi.
Sun’iy intellekt muharriri 2025-yil oktabr oyida ishga tushirilgan Cocoon tarmog‘iga asoslangan ochiq kodli modellardan foydalanadi. Maxfiylikni ta’minlash uchun so‘rovlar foydalanuvchi ma’lumotlariga kirmasdan yopiq muhitda qayta ishlanadi.
Avvalroq Spot Pavel Durov Telegram foydalanuvchilarini “raqamli qarshilik"ga qo‘shilishga chaqirgani haqida yozgandi.