Telegram’da so‘rovnomalardagi soxta ovozlarga qarshi kurashish vositalari paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda messenjer asoschisi Pavel Durov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Durovning ta’kidlashicha, messenjer kanal egalariga so‘rovnomalardagi soxta ovozlarni aniqlash va ularni natijalarni manipulyatsiya qilishdan himoya qilish imkonini beradigan vositalar ustida ishlamoqda.
Telegram egasi quyidagi choralarni sanab o‘tdi:
- so‘rovnomalar statistikasi;
- ovoz berishni faqat kanal obunachilari bilan cheklash;
- foydalanuvchilarning mamlakati bo‘yicha cheklov.
Avvalroq Telegram mamlakatlar bo‘yicha cheklovdan soxta ovozlar yig‘ishga qarshi kurashish usuli sifatida xususiy tartibda foydalangan. Masalan, 2020-yilda Belarusdagi norozilik namoyishlari vaqtida Telegram so‘rovnoma o‘tkazgan. Unda faqat Belarus SIM-kartasiga bog‘langan akkauntdan ovoz berish mumkin bo‘lgan.
Shuningdek, messenjer kanallar o‘tkazishi mumkin bo‘lgan yutuqli o‘yinlarda ham mamlakat bo‘yicha cheklovni taklif qiladi.
Vaqt va auditoriya turi bo‘yicha so‘rovnomalarning batafsil statistikasi — bu anomaliyalarni aniqlash uchun foydali vosita bo‘lib, u, masalan, Pavel Durov hali bosh direktor bo‘lgan paytda, ya’ni 2012-yilda VKontakte’ga qo‘shilgan edi.
Yangi vositalarning e’lon qilinishi, ehtimol, Pavel Durov e’tibor qaratgan siyosiy so‘rovnomadagi sezilarli darajadagi soxta ovozlar bilan bog‘liq.
Uning ta’kidlashicha, so‘rovnomadagi soxta ovozlarning aksariyati “ekzotik mamlakatlar"dan ochilgan akkauntlar tomonidan qoldirilgan.
Statistika aynan qanday ko‘rinishda bo‘lishi haqida hozircha tafsilotlar yo‘q. Auditoriyani cheklash vositalari yutuqli o‘yinlarda mavjud bo‘lganlariga o‘xshaydi va ular orqali tizim qanday ishlashini taxmin qilish mumkin;
- Ovoz beruvchining mamlakati
Odatda, Telegram foydalanuvchilarning hududini ularning akkaunti ro‘yxatdan o‘tkazilgan SIM-karta mamlakatiga qarab aniqlaydi. - Faqat kanal obunachilari uchun
Kanaldagi obunachilar sonini sun’iy oshirish (nakrutka) — administratorlar yutuqli o‘yinlar o‘tkazayotganda ko‘p duch keladigan muammodir.
Bot-ferma egalari o‘z akkauntlariga “Premium” obunasini qo‘lga kiritish uchun faol yutuqli o‘yinlari bor kanallarga a’zo bo‘lishni buyuradi, kanal egalarida esa bunga qarshi kurashish uchun vositalar yo‘q.
“Faqat eski obunachilar uchun” funksiyasi bo‘lmasa, so‘rovnomalar ham ushbu muammoga duch kelishi mumkin.
Avvalroq Spot Telegramda foydalanuvchi postlarining SI uslublari paydo bo‘lishi mumkinligi haqida yozgandi.
Foydalanuvchilar matn muharriri ichidagi sun’iy intellekt uchun yangi uslublar yaratib, ularni boshqalar bilan ulasha oladi.