Markaziy banki tomonidan Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan esdalik tangalari va suvenir to‘plamlari sotuvi yo‘lga qo‘yildi.

Sotuvda Amir Temur siymosi aks etgan, 31,1 gramm og‘irlikdagi 2 xil dizayndagi esdalik tangalari va har biri 31,1 gram bo‘lgan 3 talik suvenir to‘plamlari bor.

Tangalar 999,9 asillikdagi oltin va kumushdan tayyorlangan bo‘lib, yuqori badiiy va kolleksion qiymatga ega.

Sotuv narxlari va banklardagi mavjudlik bo‘yicha yangilangan ma’lumotlar Markaziy bankning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlarida har kuni e’lon qilinadi.

9-aprel holatiga ularning narxlari:

Og‘irligi

Sotish narxi

Qaytarib sotib olish narxi

31,1 gr (oltin)

61 mln 426 ming so‘m

57 mln 331 ming so‘m

31,1 gr (kumush)

1 mln 875 ming so‘m

919 ming so‘m







Avvalroq Markaziy bank 500 ming so‘mlik banknotlar bo‘yicha rasmiy munosabat bildirgandi.

7-aprel kuni bir qator ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda 500 ming so‘mlik kupyura chiqarilishi va ularda Mirzo Ulug‘bek surati tushirilishi xabarlar tarqaldi.

Regulyator tomonidan qayd etilishicha, mazkur ma’lumot asossiz bo‘lib, yolg‘on va feyk. U haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

“Barcha rasmiy ma’lumotlar uchun Markaziy bankning rasmiy sahifalarini kuzatib borishingizni so‘raymiz”, deyiladi Markaziy bank xabarida.