Bugungi kunda ko‘plab korxona rahbarlari audit deganda faqat qonunchilik tomonidan belgilangan majburiy tashqi auditni tushunishadi. Yil yakunida hisobotlarni topshirish uchun o‘tkaziladigan bu jarayon, afsuski, biznesning kundalik muammolarini hal etishga xizmat qilmaydi. Tashqi audit — bu ko‘proq o‘tgan ishlarning “suratini olish”, ichki tizimdagi nuqsonlarni davolash emas.

Muammo nimada?
Ixtiyoriy ravishda tashqi audit chaqirish juda kam kuzatiladigan holat. Buning asosiy sababi — yuqori xarajat. Agar korxonaning ichki nazorat tizimida kamchiliklar bo‘lsa, ish jarayonida xatoliklar yoki suiiste’molchilik holatlari yuz berayotgan bo‘lsa, ularni aniqlash uchun har safar qimmatbaho tashqi audit xizmatidan foydalanish iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamaydi.
Korxona ichidagi “tartibsizliklar” va moliyaviy xatarlarni kim nazorat qilishi kerak? Buning uchun ikkita samarali yechim mavjud:
- Maxsus topshiriq asosidagi audit — so‘rov bo‘yicha xizmat. Agar korxonada aniq bir sohada, masalan, soliq imtiyozlari va huquqiy xatarlar, tovar moddiy zahiralar tahlili, tannarxning noto‘g‘ri shakllanishi va marjaning yo‘qolishi, xaridlar tizimidagi manfaatlar to‘qnashuvi, yoki ma’lum bir shartnoma ijrosi muammo sezilsa, bir martalik audit xizmatini olish mumkin. Bu muayyan “og‘riqli nuqta"ni tezkor aniqlash va bartaraf etish uchun qulay.
- Tizimli ichki audit autsorsingi. Bu zamonaviy va samarali yo‘ldir. Bunda korxona ichida alohida shtat ochib, bir nechta mutaxassisga oylik to‘lash o‘rniga, bu ishni professional tashkilotga topshirish mumkin.
Nega ichki auditni autsorsingga topshirish kerak?
Ko‘pchilik “o‘zimizda shtatda auditor bo‘lgani yaxshi emasmi?” deb o‘ylaydi. Lekin amaliyot shuni ko‘rsatadiki, autsorsing (tashqi xizmat) quyidagi uchta muhim ustunlikka ega.
Iqtisodiy tejamkorlik. Shtatdagi auditor uchun faqat ish haqi emas, balki ijtimoiy soliqlar, ish o‘rnini jihozlash, professional dasturlar sotib olish va malaka oshirish kurslari uchun ham mablag‘ sarflanadi. Autsorsing xizmatida esa korxona faqat bajarilgan ish uchun to‘lov qiladi. Bu korxona budjeti uchun ancha yengil.
Boy tajriba va keng qamrov. Shtatdagi xodim yillar davomida faqat bitta korxona ichida ishlab, “ko‘zi o‘rganib qolishi” mumkin. Autsorsing kompaniyasi auditorlari esa har kuni turli sohalardagi (ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, qurilishi, savdo) yuzlab korxonalar bilan ishlaydi. Ularning tajribasi kattaroq va ular muammolarni tezroq ilg‘aydilar.
Mustaqillik va xolislik. Ichki auditning muhim sharti, bu mustaqillik. Shtatdagi auditor korxona rahbari yoki bosh buxgalter bilan shaxsiy aloqalarga ega bo‘lishi, ularga bog‘liq bo‘lib qolishi mumkin. Tashqi tashkilot esa hech kimga “yuzxotirchilik” qilmaydi. Ularning maqsadi — kamchilikni topish va uni tuzatish orqali o‘z obro‘sini saqlashdir.

Umuman olganda, biznes uchun ichki auditni qanday qabul qilish to‘g‘ri: majburiyat sifatidami yoki strategik instrument sifatida?
Agar korxona biznesni “sog‘lom” bo‘lishini va moliyaviy yo‘qotishlarning oldi olinishini istasa, ichki auditni faqat majburiyat deb qaramaslik kerak. Tizimli ichki audit autsorsingi — bu nafaqat xavfsizlik, balki korxonaning ichki samadorligini oshiruvchi kuchli instrumentdir.
Telefon: (+998) 99−351−11−11.
Sayt: ibac.uz
Reklama huquqlari asosida.
