O‘zbekiston Milliy investitsiya fondi (O‘zMIF) Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan oddiy aksiyalarini aksiyalar va global depozitar tilxatlar (GDR) shaklida birlamchi ommaviy taklif (IPO) o‘tkazish imkoniyatini e’lon qildi.

Bu haqda fondning ishonchli boshqaruvchisi bo‘lgan Franklin Templeton xalqaro investitsiya kompaniyasi matbuot xizmati Spot’ga ma’lum qildi.

O‘zMIF o‘zining oddiy aksiyalarini “Toshkent” Respublika fond birjasidagi savdolarga qo‘yish, shuningdek, o‘zining global depozitar tilxatlarini (GDR) Moliyaviy tartibga solish va nazorat qilish boshqarmasining Rasmiy ro‘yxati toifasiga kiritish hamda ularni London fond birjasining listing qimmatli qog‘ozlari asosiy bozoridagi savdolarga qo‘yish uchun ariza berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyev o‘zining Telegram-kanalida rejalashtirilgan IPOni “tarixiy qadam” deb atadi, bunda O‘zbekiston birinchi marta jahon aksiyalar bozoriga chiqadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu prezidentning ochiq yo‘nalishi tufayli mumkin bo‘ldi.

“Ushbu qadam — xorijiy investorlar uchun aniq va kuchli ishora. Bu bilan biz global qoidalar asosida — halol va shaffof ishlashga tayyor ekanimizni namoyon etmoqdamiz. O‘zbekiston iqtisodiyoti mutlaqo yangi, zamonaviy taraqqiyot bosqichiga o‘tmoqda”, — dedi Mirziyoyeva.

IPO tafsilotlari

IPO ikki transhdan iborat bo‘ladi:

  • O‘zbekiston va boshqa ba’zi yurisdiksiyalardagi institutsional investorlarga, shuningdek, O‘zbekiston va boshqa ba’zi yurisdiksiyalar fuqarolari bo‘lgan chakana investorlarga oddiy aksiyalarni taklif etish;
  • GDRni O‘zbekistondan tashqaridagi institutsional investorlarga taklif etish.

Toshkent joylashtirish to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma’lumotlar, jumladan, tegishli chakana investorlar uchun narx parametrlari keyinroq e’lon qilinadi.

IPO doirasida taklif etilayotgan barcha qimmatli qog‘ozlar sotuvchi aksiyador — Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan sotiladi. O‘zNIF sotuvchi aksiyador tomonidan qimmatli qog‘ozlarni sotishdan mablag‘ olmaydi.

Toshkentdagi joylashtirish doirasida taqsimlanadigan taklif etilayotgan aksiyalarning va Londondagi joylashtirish doirasida taqsimlanadigan GDR’larning yakuniy miqdori arizalarni qabul qilish davri tugaganidan so‘ng sotuvchi aksiyadorning mutlaq ixtiyoriga ko‘ra belgilanadi. GDR’lar listingga kiritiladi va London fond birjasida (LSE) savdolarga qo‘yiladi. Aksiyalar listingga kiritiladi va Toshkent fond birjasida (TSE) savdolarga qo‘yiladi.

Xalqaro joylashtirish Jefferies International Limited tomonidan yagona global koordinator sifatida, shuningdek, Abu Dhabi Commercial Bank PJSC, Auerbach Grayson and Company LLC va Raiffeisen Bank International AG tomonidan ODDO BHF SCA hamda WOOD & Company Financial Services, a.s. bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

O‘zMIF portfeli

Milliy investitsiya jamg‘armasi portfeli O‘zbekistonning 13 ta yirik davlat korxonasidagi minoritar ulushlarni o‘z ichiga oladi.

O‘zMIF tarkibiga kiruvchi portfel kompaniyalari aktivlarining umumiy sof qiymati $2,44 mlrddan ortiqni tashkil etadi.

ipo, london, uzmif, uznif

Prezident farmoniga muvofiq, hukumat kelgusi ikki yil ichida oltita portfel kompaniyalari: Uzbekistan Airways, Milliy elektr tarmoqlari, O‘zbektelekom, O‘zbekgidroenergo, Hududiy elektr tarmoqlari va Hududgazta’minot aksiyalarini birlamchi ommaviy joylashtirish rejalarini ishlab chiqdi.

Portfel kompaniyalari 2030-yilgacha sof foydasining kamida 50%i miqdorida dividend to‘lashi shart. O‘zMIF dividendlar har yili fondning o‘tgan yil uchun auditorlik tekshiruvidan o‘tgan moliyaviy hisobotlari asosida e’lon qilinishini kutmoqda. Dividendlarning birinchi yillik to‘lovi 2026-yil 31-dekabrda tugaydigan yil uchun O‘zMIFning sof foydasi asosida 2027-yilda amalga oshiriladi.


Avvalroq Spot Rothschild & Co O‘zbekistondagi yirik korxonalarga IPO o‘tkazishga yordam berishi haqida yozgandi

Mahalliy biznes uchun korporativ boshqaruv va investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha o‘quv seminarlari tashkil etilishi mumkin.