Yandex Uzbekistan IT mutaxassislari va tegishli fakultetlar talabalari uchun dasturlash va matematika bo‘yicha Coding and Math Contest o‘tkazadi. Ro‘yxatdan o‘tish 25-aprelgacha ochiq. Yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar Yandex Uzbekistan’da amaliyot o‘tashlari yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri Yandex ML School tanlovining final bosqichiga chiqishlari mumkin.
Coding and Math Contest uchun topshiriqlar algoritmlar va SI sohasi ekspertlari, xalqaro musobaqalar topshiriqlari mualliflari va g‘oliblari tomonidan ishlab chiqiladi. Sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tish uchun zamonaviy dasturlash tillari, algoritmlar, statistika, ehtimollar nazariyasi, matematik tahlil va chiziqli algebra bilimlari kerak bo‘ladi. Tanlov ingliz tilida o‘tkaziladi, ishtirok etish bepul.
Birinchi bosqichda ishtirokchilar masofaviy tarzda ikki yo‘nalish, yaʼni dasturlash va matematika bo‘yicha bir qator masalalarni yechishadi. Eng yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchilar oflayn o‘tadigan ikkinchi bosqichga taklif qilinadi. Finalchilarga har ikki yo‘nalish bo‘yicha yuqori murakkablikdagi masalalar taklif etiladi. Yuqori ball to‘plagan besh nafar ishtirokchi g‘olib bo‘ladi.
Tanlov Yandex Uzbekistan’ning Toshkentdagi ofisida tantanali marosim bilan yakunlanadi. U yerda finalchilar va g‘oliblar o‘zaro hamda Yandex ekspertlari va boshqa IT hamjamiyati vakillari bilan fikr almashishlari mumkin.
Yandex Coding and Math Contestl 26-apreldan 23-maygacha bo‘lib o‘tadi. 25-aprelga qadar rasmiy sahifada ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Reklama huquqlari asosida.