QR to‘lovlarni qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish Click’ning uzluksiz to‘lov ssenariylarini rivojlantirishga qaratilgan izchil strategiyasining bir qismiga aylandi.

Click dastlab har qanday to‘lov ssenariylari uchun universal yechim sifatida rivojlangan va allaqachon turli xil QR formatlarini qo‘llab-quvvatlab keladi.

Bugun kompaniya ushbu yo‘nalishni yanada kuchaytirib, foydalanuvchilarga barcha turdagi to‘lovlarga yagona ilova orqali kirish imkonini ta’minlamoqda.

Click SuperApp’da foydalanuvchilar turli to‘lov tizimlarining QR kodlarini skanerlash orqali xaridlarni amalga oshirishi mumkin, jumladan:

  • Xolis, TezQR, A-Pay, MUNIS, Rahmat, Poytaxt Parking va boshqalar, shuningdek barcha banklarning QR kodlari.

Foydalanuvchiga kassada yoki to‘lov nuqtasida aynan qaysi QR kod joylashtirilganini aniqlash shart emas, Click ularni o‘qiydi va to‘lovni yagona ssenariy bo‘yicha amalga oshiradi.

Bu qanday ishlaydi?

  1. Click SuperApp’ni ochish kerak.
  2. “QR skaner” bo‘limiga o‘tish lozim.
  3. Kodni skaner qilish kerak.
  4. Summani kiritib, to‘lovni tasdiqlash lozim.

Shundan so‘ng mablag‘ qabul qiluvchiga o‘tkaziladi.

Click foydalanuvchilarga g‘amxo‘rlikdan kelib chiqib servislarni izchil rivojlantirib bormoqda — murakkablikni kamaytirib, vaqtni tejab va O‘zbekistonning istalgan nuqtasida maksimal darajada tushunarli hamda universal to‘lov tajribasini ta’minlaydi.

Instagram: @clickuz
Telegram: t.me/click_uz
LinkedIn: linkedin.com/click-uzbekistan

Reklama huquqlari asosida.