O‘zbekistonda dollar kursi pasaydi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ldi.
13-apreldan amal qiladigan Amerika valyutasining rasmiy kursi 12 158,59 so‘m etib belgilandi. Savdo kuni davomida kurs 39 so‘m 69 tiyinga pasaydi.
Valyutalar kursining o‘zgarish dinamikasi hamda banklardagi valyuta kurslari bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.
2026-yilning yanvar-mart oylarida o‘zbek so‘mi dollarga nisbatan biroz qadrsizlandi. Mart oyida milliy valyuta 74,14 so‘mga yoki 0,61% ga arzonlashib, kurs 12 210,71 so‘mni tashkil etdi.
Oyning birinchi yarmida so‘m mustahkamlangan bo‘lsa, ikkinchi yarmida deyarli har bir savdo sessiyasida dollar qimmatlashdi. Mart oxirida tijorat banklarida dollar kursi 12,2 ming so‘mdan yuqori darajada saqlanib qoldi.
Avvalroq Spot O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari bir oyda $8 mlrddan ko‘proqqa kamaygani haqida yozgan edi.