Instagram postlar ostidagi izohlarni tahrirlash imkoniyatini qo‘shmoqda. Bu haqda ijtimoiy tarmoq X’da xabar berdi.

Foydalanuvchilar o‘z izohlarini e’lon qilinganidan keyin 15 daqiqa ichida tahrirlashlari mumkin bo‘ladi.

9To5Mac nashrining ta’kidlashicha, bu kichik, ammo “uzoq kutilgan” o‘zgarish: endi foydalanuvchilar imlo xatosi tufayli yoki xabarni “yumshatish” uchun izohni o‘chirib, qayta yozishlari shart emas.

TechCrunch ma’lumotlariga ko‘ra, foydalanuvchilar ajratilgan vaqt davomida izohni bir necha marta tahrirlashlari mumkin bo‘ladi.

Shundan so‘ng, unda tahrirlash belgisi paydo bo‘ladi. O‘zgarishlar tarixini ko‘rish imkonsiz.

2026-yil mart oyida Instagram o‘zining Plus obunasini sinovdan o‘tkazishni boshlagani haqida xabar berilgandi.

Obuna orqali foydalanuvchilar “Hikoyalar” muddatini uzaytirish va uni post muallifiga bildirmasdan tomosha qilish imkoniga ega bo‘ladi.

Shuningdek, obunachilar o‘z “Hikoyalar"ini qancha odam qayta ko‘rganini kuzatishi mumkin, — deya xabar berdi Meta kompaniyasi TechCrunch nashriga yo‘llagan elektron xatida.

Bundan tashqari, foydalanuvchilar “Yaqin do‘stlar” ro‘yxatidan tashqari, hikoyalar uchun cheksiz miqdorda auditoriya ro‘yxatlarini yaratishlari mumkin.


Avvalroq Instagram 8-maydan shaxsiy xabarlarni boshidan oxirigacha shifrlashni to‘xtatishi haqida xabar berilgandi.

Meta vakiliga ko‘ra, shaxsiy xabarlardagi to‘liq shifrlashdan “juda oz odam” foydalangan va funksiyadan foydalanishni xohlovchilar WhatsApp ishlatishlari mumkin.