Bugun, 16:04 Moliya

Dollar kursi ketma-ket pasaymoqda

Amerika valyutasining kursi 51 so‘m 29 tiyinga pasayib, 12 305,80 so‘mni tashkil etdi.
Bugun, 15:37 Iqtisodiyot

Boltiqbo‘yi mamlakatlaridan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari aprel-iyunda 65,6% ga oshdi — Markaziy bank

Qayd etilishicha, AQSh, Rossiya va Yevropadan keladigan tushumlarning o‘sish sur’ati sekinlashgan, Osiyo mamlakatlaridan esa barqarorlashgan.
Bugun, 15:27 Iqtisodiyot

Surxondaryoda qiymati 140 mlrd so‘mlik ekoturizm kompleksi qurilishi boshlandi

Loyiha Qumqo‘rg‘on tumanidagi Janubiy Surxon suv ombori hududidagi jami 15,7 gektar maydonda amalga oshiriladi.
Bugun, 15:15 Qonunchilik

Bog‘dorchilik va meva-sabzavotchilik tarmoqlarining energiya xarajatlari qoplab beriladi

Bundan tashqari, fermer va klasterlar o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan hukumat qarori loyihasi ishlab chiqiladi.
Bugun, 14:58 Texnologiyalar

Buklanadigan iPhoneda Face ID o‘rniga Touch ID bo‘ladi

Shuningdek, smartfonda to‘rtta kamera: orqa panelda ikkita, old tomonda bitta va “ichki” tarafda yana bitta kamera joylashadi.
Bugun, 13:30 Qiyofa

“Mening hibsga olinishim Fransiyaning erkin mamlakat sifatidagi obro‘siga putur yetkazdi” — Durov

Durovning ta’kidlashicha, fransuz tergovchilari Telegram asoschisi va uning kompaniyasi nimada aybdor bo‘lishi mumkinligini hali ham topa olmagan.
Bugun, 13:02 Biznes

Aeroflot sentabr oyida O‘zbekistonning ayrim shaharlariga parvozlarni tiklaydi

Aviakompaniya Moskvadan Buxoro va Urganchga parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yadi hamda Sankt-Peterburgdan Toshkent va Samarqandga yangi reyslar ochadi.
Bugun, 12:52 Qonunchilik

O‘zbekistonda sud ishlarida sunʼiy intellekt texnologiyalari joriy etiladi

Sudga ariza berishdan oldin sunʼiy intellekt yordamida sud muhokamasining taxminiy natijasi shakllantiriladi.
Bugun, 12:40 Texnologiyalar

Telegram tinglanayotgan qo‘shiqni profilda ko‘rsatishni sinovdan o‘tkazmoqda

Profilga shaxsiy suhbatlardan yoki boshqalarning pleylistlaridan turli qo‘shiqlarni qo‘shish orqali to‘liq ommaviy pleylist yaratish mumkin.
Bugun, 11:45 Iqtisodiyot

Xayriyalarni naqd pulda yig‘ish faqat xayriya qutisi yordamida amalga oshiriladi

NNTlar faoliyatiga noqonuniy aralashgan mansabdor shaxslar 4,12 mln so‘mgacha jarimaga tortiladi.
Bugun, 11:34 Moliya

Banklarda dollar kursi 12 419 so‘mgacha belgilandi

Bitta bankda sotish kursi 12 419 so‘mni, qolganlarida 12 415−12 370 so‘mni, xarid narxi esa 12 320−12 240 so‘mni tashkil etmoqda.
Bugun, 10:15 Energetika

Toshkentda issiq suv va issiqlik ta’minoti uchun tariflar oshiriladi

Xalq deputatlari poytaxt kengashi issiq suv ta’minoti va isitish xizmatlari uchun yangi tariflarni tasdiqladi.
Bugun, 09:53 Biznes

Xitoy kompaniyasi Farg‘onada sanoat parkini tashkil etishni rejalashtirmoqda

Bundan tashqari, mamlakatning yana bir kompaniyasi viloyat hududida shamol elektr stansiyasini qurishni taklif qildi.
Kecha, 17:38 Biznes

Hafta yakuni: banklardagi mikroqarzlar, prezidentning tadbirkorlar bilan uchrashuvi, TBC Uzbekistan va OLX bitimi

Spot hafta davomida O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan biznes, texnologiya va iqtisodiyotga oid muhim va qiziqarli maʼlumotlarni to‘pladi.
23 avgust 2025, 16:04 Texnologiyalar

WhatsAppda avtomatik javob tizimi joriy etiladi

Agar qo‘ng‘iroqqa javob berilmasa, foydalanuvchilar avtojavobbergichlardagi ovozli pochta kabi ovozli xabar qoldirishi mumkin bo‘ladi.
23 avgust 2025, 15:47 Iqtisodiyot

O‘zbekiston va Turkmaniston to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni tiklashga kelishib oldi

Transport vazirligi va Turkmaniston aviakompaniyasi o‘rtasida fuqaro aviatsiyasi sohasida hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida bayonnoma imzolandi.
23 avgust 2025, 15:24 Qiyofa

Uzbekistan Airports 6,8 mlrd so‘mlik bodi-kameralar xaridida qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘ygan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining taqdimnomasi asosida xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilindi.
23 avgust 2025, 14:34 Iqtisodiyot

O‘zbekiston Turkmaniston va Ozarbayjondan kemalar sotib olishni rejalashtirmoqda — transport vaziri

Ilhom Mahkamovning tushuntirishicha, o‘z kemalarimiz uzoq muddatli tirbandliklar yuzaga keladigan Kaspiy bo‘ylab yuklarni o‘tkazishni tezlashtirish imkonini beradi.
23 avgust 2025, 12:36 Biznes

“O‘tgan yil zarar bilan yakunlandi”: tadbirkorlar Mirziyoyevdan shirin ichimliklarga aksiz solig‘ini bekor qilishni so‘rashdi

UzBev rahbari Alfiya Musinaning ta’kidlashicha, aksiz solig‘i joriy etilgunga qadar ishlab chiqarish hajmi yiliga 15−20% ga o‘sgan.
23 avgust 2025, 10:46 Texnologiyalar

Apple yangi iPhone modellarida Camera Control tugmasidan voz kechishi mumkin

Qayd etilishicha, iPhone 16 seriyasining asosiy yangiliklari orasida bo‘lgan kamerani boshqarish tugmasi iPhone 17 bilan cheklanadi.
22 avgust 2025, 20:47 Ta'lim

OTMlarda yangi o‘quv yili qachon boshlanishi ma’lum qilindi

Unga ko‘ra, darslar 1-kurslar uchun 3-sentabrdan, yuqori kurslar uchun esa 8-sentabrdan boshlanadi.
22 avgust 2025, 20:27 Energetika

“O‘zbekistonda yirik neft koni ochilishini intiqlik bilan kutmoqdamiz” — Aliyev

Ozarbayjon prezidenti SOCAR davlat kompaniyasi Ustyurt platosi konini o‘zlashtirishni boshlaganini ma’lum qildi.
22 avgust 2025, 20:04 Iqtisodiyot

O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon yetakchilari huzurida qanday hujjatlar imzolandi?

Xususan, transport va logistika, kemasozlik va fuqaro aviatsiyasi sohalarida hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar, Tovar-xomashyo birjalari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi.
22 avgust 2025, 19:42 Iqtisodiyot

O‘zbekistonda onlayn ish qidirish faolligi taklif oshganiga qaramay pasaydi — Markaziy bank

Aprel-iyun oylarida asosan savdo, xizmat ko‘rsatish, marketing va reklama sohalarida vakansiyalar soni sezilarli oshgan. Bunga iqtisodiy faollik va ortayotgan talab ta’sir qildi.
22 avgust 2025, 18:29 Iqtisodiyot

Dam olish kunlari qaysi banklar ishlaydi? Ro‘yxat

Haftaning shanba va yakshanba kunlari jami 20 ta bank tomonidan valyuta ayirboshlash hamda pul o‘tkazmalari amalga oshiriladi.
22 avgust 2025, 17:16 Iqtisodiyot

Transport, logistika, energetika: Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon va Turkmaniston bilan hamkorlik bo‘yicha qanday takliflar bildirdi?

Prezident O‘zbekiston asosiy bozorlarga biznes uchun eng qisqa chiqishni taʼminlash uchun yuk tashish tariflarini o‘zaro asosda pasaytirishga tayyorligini ma’lum qildi.
22 avgust 2025, 16:55 Transport

Toshkentda tungi avtobuslarning birinchi yo‘nalishi yil oxirigacha ishga tushiriladi

U Husayn Boyqaro ko‘chasidan Qo‘yliq bozori tarafga, undan esa Xonobodtepa shoh ko‘chasi orqali harakatlanadi. Birinchi bosqichda jami 8 ta yo‘nalishni joriy etish rejalashtirilgan.
22 avgust 2025, 16:48 Texnologiyalar

WhatsApp’da foydalanuvchi o‘rniga xabarlar yozadigan yangi funksiya paydo bo‘ladi

Messenjerda matnlarni tahrirlash uchun to‘g‘ri so‘zlarni tanlashga yordam beradigan sun’iy intellekt muharriri ishga tushiriladi.
22 avgust 2025, 16:02 Moliya

Dollar kursi pasayishda davom etmoqda

Amerika valyutasining kursi qariyb 57 so‘mga pasayib, 12 357,09 so‘mni tashkil etdi.
22 avgust 2025, 15:45 Qiyofa

Yaqin yillarda odamga o‘xshab “ongli” ko‘rinadigan sun’iy intellekt paydo bo‘lishi mumkin

Microsoft’ning SI bo‘yicha bosh direktori Mustafo Sulaymonning fikricha, bunday tizimlarga qarshi kurashish kerak. Chunki agar u haddan tashqari “insoniy” bo‘lib qolsa, rivojlanish sekinlashadi.
22 avgust 2025, 15:29 Biznes

Qatar kompaniyalari O‘zbekistonda turizm infratuzilmasi va mehmonxona biznesiga investitsiyalar kiritadi

Shuningdek, mamlakat kompaniyalari bilan farmatsevtika, “aqlli” shahar hududlarini rivojlantirish sohalarida loyihalarni amalga oshirishga kelishildi.
22 avgust 2025, 15:19 Biznes

Xorijga ishga yuborishni noqonuniy reklama qilgan ikki bloger ishi sudga oshirildi

Blogerlar Adworld Groupning fuqarolarga konsalting xizmatini emas, balki xorijga ishga yuborish bilan shug‘ullanishini reklama qilgan.
22 avgust 2025, 15:00

Yiliga 12 mln so‘mdan ortiq pul tejash imkonini beruvchi 5 ta odat

TBC Bank Kamolaning hikoyasini ulashdi — u moliyasini to‘g‘ri boshqarishni o‘rganib, pul tejash va jamg‘arish yo‘lida unga yordam bergan foydali odatlar haqida so‘zlab berdi. Va ushbu odatlardan biri — bonus beradigan Salom Card.
22 avgust 2025, 14:57 Biznes

O‘zbekistonda Zoomlion traktorlari ishlab chiqarila boshlandi

Xitoy kompaniyasi bilan amalga oshirilayotgan loyiha doirasida traktorlar chuqur mahalliylashtirilmoqda.
22 avgust 2025, 14:30 Iqtisodiyot

Cobalt ishlab chiqarish hajmi iyul oyida qariyb 30% ga kamaydi

Shu bilan birga, Onix ishlab chiqarish hajmi deyarli 1,5 baravar oshdi. KIA va BYD ham ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirdi.
22 avgust 2025, 13:48 Qiyofa

AQSh vizasiga ega 55 mlndan ortiq xorijlik tekshiriladi

Tekshiruv doirasida Davlat departamenti vizani bekor qilish uchun asoslar mavjudligini o‘rganadi. Qonunbuzarlik aniqlansa, xorijlik AQShdan deportatsiya qilinadi.
22 avgust 2025, 12:51 Iqtisodiyot

Investitsiya platformalaridan “qumdon” rejimida foydalanishga ruxsat beriladi

Ushbu tartib joriy yilning 1-oktabridan joriy etilib, uning doirasida platformalardan qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va sotib olishda foydalanish mumkin.
22 avgust 2025, 11:46 Iqtisodiyot

Qishloq xo‘jaligida dronlardan foydalanish uchun ariza topshirish mumkin bo‘ladi

Bunda dron xizmatlariga ariza berish, shartnoma tuzish va to‘lovlarni amalga oshirish Agroportal orqali yo‘lga qo‘yiladi.
22 avgust 2025, 10:20 Texnologiyalar

Instagramda bir nechta qismlik videolarni bog‘lash funksiyasi taqdim etiladi

Muallif tomoshabinlar sahifani aylantirishga yoki turli qismlarni qidirishga majbur bo‘lmasligi uchun ularni o‘zaro birlashtirishi mumkin.
22 avgust 2025, 09:26 Iqtisodiyot

O‘zbekistonda ma’muriy va iqtisodiy ishlarni hududlardan tashqarida ko‘rib chiqishga ruxsat beriladi

Barcha yo‘nalishdagi sudlar bo‘yicha mintaqaviy taftish sudlari tashkil etiladi, viloyat darajasidagi taftish instansiyalari esa tugatiladi.
Будьте в курсе новостей!
Spotda ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting