Kecha, 21:42 Iqtisodiyot

“Ortiqcha mablag‘ olinmaydi” — Qurilish vazirligi ruxsatnoma uchun $200 minggacha xarajatlar haqida

Vazirlik tadbirkor Usmonjon Abdusamatov bildirgan fikr-mulohazalari yuzasidan rasmiy bayonot berib, qurilish sohasiga oid barcha davlat xizmatlari va to‘lovlar elektron tarzda amalga oshirilishini, qo‘shimcha mablag‘ talab qilinishi mumkin emasligini qayd etdi.
Kecha, 21:05 Iqtisodiyot

Yangi xalqaro aeroport uchun Toshkent viloyatidan 1300 gektar yer ajratiladi

Uning 60%i — 790,76 gektari O‘rta Chirchiq, 519 gektari esa Quyi Chirchiq tumanidan olinadi.
Kecha, 20:00 Biznes

Ismim Sharif: Konstaning 25 ta neyrotarmoq yordamida ishlangan klipi qanday yaratilgan?

Spot Damir Mubinov bilan reklama roliklaridagi rejissyorlik tajribasi, neyron tarmoqlar yordamida yaratilgan klip ustida ishlash jarayoni, nima uchun har bir kadrni turli neyrotarmoqlarda ishlab chiqishga to‘g‘ri kelgani va tijorat videolarida sun’iy intellektning istiqbollari haqida suhbatlashdi.
Kecha, 19:11 Iqtisodiyot

Deputatlar Toshkentda tungi avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yilishini ma’qulladi

Tungi yo‘nalishlarda yo‘lkira haqi poytaxt jamoat transporti yo‘nalishlari bilan bir xil etib belgilanadi.
Kecha, 18:27 Iqtisodiyot

Bank tizimida korrupsiyaga asosan xodimlarning ish haqi pastligi sabab bo‘lmoqda — so‘rovnoma

Xizmatlar raqamlashtirilayotganiga qaramay, ishtirokchilarning 16,2%i byurokraytik to‘siqlarga duch kelgan.
Kecha, 18:04 Biznes

Alif fintex kompaniyasi O‘zbekistonda bank litsenziyasini olishni rejalashtirmoqda

Xolding kompaniyasi mamlakatda bank tuzilmasini tashkil etishni ma’qulladi. Tez orada Alif hujjatlarni Markaziy bankka topshiradi.
Kecha, 16:24 Iqtisodiyot

“Toshkentdagi bitta uy uchun $200 minggacha pora” — quruvchi ruxsatnomalar berilishidagi korrupsiya haqida

“Arizani 10 martagacha qaytarishmoqda”, — deya ta’kidladi u. Shu sababli, ruxsatnoma berishda asossiz rad etish uchun jazo choralarini joriy etish taklif qilinmoqda.
Kecha, 16:07 Iqtisodiyot

Auksionda “chiroyli” avtoraqam 482 mln so‘mga sotildi

2-sentabr kuni xarid qilingan eng arzon avtoraqam qiymati — 2,1 mln so‘m.
Kecha, 16:04 Moliya

Dollar kursi yana pasaydi

Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 48 so‘m 35 tiyinga pasayib, 12 374,55 so‘mni tashkil etdi.
Kecha, 15:37 Qiyofa

ChatGPT’ga ota-onalar nazorati rejimi qo‘shiladi

Yangi boshqaruv panelida ular o‘smir yoshi bo‘yicha sun’iy intellekt uslubini tanlash, suhbatlar tarixini va “xotira” funksiyasini boshqarish imkoniga ega bo‘ladi.
Kecha, 15:03 Qiyofa

Rossiyada migrantlarga Max messenjerini o‘rnatishni majburiy qilish taklif qilindi

Tashabbus egalari chet el fuqarolariga nisbatan bunday talabni qonun yo‘li bilan mustahkamlash zarur deb hisoblaydilar.
Kecha, 14:46 Iqtisodiyot

Toshkentda Apk fayllar yuborib, fuqarolarning pullarini o‘g‘irlagan 5 kishi ushlandi

Ular 133 nafar fuqaroning shaxsiy maʼlumotlarini o‘zlashtirib, jami 3 mlrd so‘mga yaqin pullarini qo‘lga kiritgan.
Kecha, 14:01 Qonunchilik

Endi hisoblagich o‘rnatilmagan yerosti suv olish inshootlaridan foydalanish taqiqlanadi

Suv hisoblash vositalari nasosli quduqlarda suv chiqishini boshqarish qurilmasidan oldin o‘rnatiladi.
Kecha, 13:28 Biznes

Tramp oilasi o‘z kriptovalyutasini ishga tushirish orqali $5 mlrd ishlab topdi

Kriptovalyuta World Liberty Financial kompaniyasiga tegishli bo‘lib, unda Trampning o‘g‘illari ta’sischi, prezidentning o‘zi esa “faxriy ta’sischi” sifatida qayd etilgan.
Kecha, 12:45 Moliya

Oltin narxi birinchi marta $3600 dan oshdi

Narxning oshishi AQShning pul-kredit siyosatini yumshatishi va iqtisodiy xavflar sharoitida xavfsizlikka qaytish kutilmalari bilan izohlanmoqda.
Kecha, 11:53 Texnologiyalar

AQSh sudi Googlega Chrome va Android’ni saqlab qolishga ruxsat berdi

Biroq sud kompaniyaga qidiruv ma’lumotlarini raqobatchilar bilan baham ko‘rish majburiyatini yukladi.
Kecha, 11:38 Iqtisodiyot

Dovut ota posti orqali harakatlanish bo‘yicha kiritilgan cheklovlar yil oxirigacha uzaytirildi

Ushbu punkt fuqarolar, avtomobillar, avtobuslar hamda vazni 3,5 tonnagacha bo‘lgan yuk avtomobillari harakati uchun 31-dekabrgacha yopiladi.
Kecha, 10:17 Blokcheyn va kriptoaktivlar

Toshkentda olti kishi 180 mlrd so‘mlik noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi uchun qo‘lga olindi

Qayd etilishicha, ular xorijiy bukmekerlik platformalari uchun pul yuvishda ishtirok etganlikda gumon qilinmoqda.
2 sentabr 2025, 19:34 Biznes

Kraft Heinz ikkita mustaqil kompaniyaga bo‘linadi

Qayta qurish boshqaruvni soddalashtirish va resurslarni taqsimlash samaradorligini oshirish uchun qilinmoqda.
2 sentabr 2025, 19:01 Iqtisodiyot

Jamoat transporti, geologiya, energetika: Shavkat Mirziyoyev Xitoy kompaniyalari bilan nimalarni muhokama qildi?

CNNC bilan tinch atom sohasida kooperatsiyani kengaytirish, CNPC bilan yerosti tabiiy gaz saqlash inshootlarini qurish hamda Henan Investment Group bilan biomahsulotlar ishlab chiqarish loyihalari ko‘rib chiqildi.
2 sentabr 2025, 18:39 Iqtisodiyot

Yarim yilda O‘zbekistonning davlat qarzi $3,1 mlrdga oshib, $43,4 mlrdga yetdi

Davlat qarzi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan $6,13 mlrdga o‘sdi. Uning asosiy qismi — $36 mlrddan ortig‘i tashqi qarz, $6,9 mlrdi esa ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.
2 sentabr 2025, 18:39 Biznes

Koreyaning Mom’s Touch umumiy ovqatlanish tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirmoqda

Yil oxirigacha birinchi restoranni ochish rejalashtirilmoqda. Mamlakatda jami 60 tagacha shunday savdo nuqtasi faoliyat yuritadi.
2 sentabr 2025, 17:50 Qiyofa

AQShda Wikipedia’ning ayrim foydalanuvchilari haqidagi ma’lumotlar so‘ralmoqda

Qayd etilishicha, onlayn ensiklopediya qoidalarini buzgan ayrim muharrirlarning hujjatlari va yozishmalarini oshkor etish talabi qo‘yilgan.
2 sentabr 2025, 17:32 Iqtisodiyot

O‘zbekistonda top-30 sunʼiy intellekt liderlari reytinggi tuzildi

Undan MyTaxi asoschisi Akmal Paiziev, Mohirdev asoschisi Anvar Narzullayev, raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos va boshqalar o‘rin olgan.
2 sentabr 2025, 16:10 Iqtisodiyot

Tibbiyot, raqamli iqtisodiyot, eksport: O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi?

Jumladan, O‘zbekiston-2030 strategiyasi va “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi o‘zaro bog‘lash bo‘yicha hamkorlik dasturi qabul qilindi.
2 sentabr 2025, 16:01 Moliya

Dollar kursi yana pasaydi

Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi qariyb 38 so‘mga pasayib, 12 422,90 so‘mni tashkil etdi.
2 sentabr 2025, 15:59 Energetika

O‘zbekneftgaz AI-80 benzinini birja savdolarida sotishni to‘xtatdi

Avgust oyida iste’molchilar tomonidan xarid qilingan AI-80 avtobenzini majburiyat va mavjud qoldiqlardan kelib chiqib, o‘z egalariga yetkazib beriladi.
2 sentabr 2025, 15:47 Iqtisodiyot

O‘zbekiston va Xitoy sunʼiy intellektni rivojlantirish markazini tashkil etadi

Shuningdek, Lu Ban ustaxonalarini tashkil etish ko‘zda tutilgan. U O‘zbekiston hududlarida energetika, mashinasozlik hamda tibbiyot kabi sohalar uchun mutaxassislar tayyorlaydi.
2 sentabr 2025, 15:05 Iqtisodiyot

O‘zbekistonda uy-joyni QQS bilan sotib olishda keshbek joriy etilishi mumkin — SSP raisi

Davron Vahobovning ta’kidlashicha, hozirda uy-joylarning qariyb 90%i QQSsiz sotib olinmoqda. Keshbek miqdori bitim summasining 6%igacha bo‘lishi mumkin.
2 sentabr 2025, 14:47 Qiyofa

Rossiyada 1-sentabrdan internet va reklama bo‘yicha yangi cheklovlar kuchga kirdi

Unga ko‘ra, internetdagi taqiqlangan kontent, reklama va VPN reklamasi man etilib, yangi qurilmalarga mahalliy ilovalarni majburiy o‘rnatish belgilanmoqda.
2 sentabr 2025, 12:29 Iqtisodiyot

Namangan shahar hokimi $60 ming pora olganlikda gumonlanmoqda

U fuqarodan 35 sotix yerdagi eski turar-joy o‘rniga ko‘p qavatli uy barpo etish huquqini olib berish uchun pul talab qilgan. Mablag‘ni hokimlikning devonxona mudiri orqali korxona rahbaridan olayotganda ushlangan.
2 sentabr 2025, 12:10 Biznes

LEGO AQSh va Kanadaga 2500 dan ortiq qismlarni yetkazib berishni to‘xtatdi

Bunga $800 dan kam tovarlarga import boji imtiyozining bekor qilinishi natijasida alohida qismlar yetkazib berish dasturining muvaffaqiyatsizligi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
2 sentabr 2025, 11:18 Moliya

Banklarda dollar kursi 12 520 so‘mgacha belgilandi

Aksariyat banklarda sotish kursi 12 520−12 465 so‘mni, xarid narxi esa 12 440−12 300 so‘mni tashkil etmoqda.
2 sentabr 2025, 10:59 Iqtisodiyot

“Sinchiklab tekshiring” — Oliy taʼlim vazirligi abituriyentlar va ota-onalarni ogohlantirdi

Xususiy OTMlarga o‘qishga kirishda ularning litsenziyalarini tekshirish, faol bo‘lgan yo‘nalishlarni tanlash tavsiya etildi.
2 sentabr 2025, 10:36 Iqtisodiyot

2-sentabrdan avtomobillarni Piskent poligonida sinovdan o‘tkazish to‘xtatiladi

Bu qaror rasmiy dilerlar va servis markazlari soni keskin oshgani hamda iste’molchilarning ular bilan ishlash amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani sababli qabul qilindi.
2 sentabr 2025, 09:48 Iqtisodiyot

O‘zbekistonda 10 mingta xonadon 1 kv metri uchun $100 dan past narxda rasmiylashtirilgan

Qurilish sohasida kuzatilmaydigan iqtisodiyot hajmi 41% ga — 97 trln so‘mga baholanmoqda. Natijada, 1,2 trln so‘m miqdoridagi soliq tushumlari ta’minlanmagan.
1 sentabr 2025, 15:20 Iqtisodiyot

Paxta terimi uchun tavsiyaviy narx 2 ming so‘m etib belgilandi

Fermerlarga paxta yetishtirish xarajatlarini qoplash uchun har 1 kg paxtaga 1 000 so‘mdan subsidiya ajratiladi.
1 sentabr 2025, 13:41 Qiyofa

Rossiyada migrantlarga ayrim kasblar taqiqlanishi va jarima muddati qisqartirilishi rejalashtirilmoqda

Shuningdek, politsiya xodimlari jarima to‘lamagan chet ellik haydovchilarning avtomobillarini vaqtincha ushlab turishni ham taklif qilmoqda.
1 sentabr 2025, 13:26 Texnologiyalar

Telegramda navbatdagi yangilanishlar taqdim etildi

Xususan, profilga musiqa qo‘shish, birlamchi profil sahifasini tanlash va boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi.
1 sentabr 2025, 12:28 Ta'lim

Ichki o‘qishni ko‘chirish natijalari e’lon qilindi

Talabalar o‘z natijasini transfer.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilishlari mumkin.
Будьте в курсе новостей!
Spotda ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting