«baa» tegli maqolalar
Bugun, 15:13 Biznes
Apple BAAdagi chakana savdo do‘konlarini vaqtincha yopdi
Yopilish Yaqin Sharqdagi mojaro bilan bog‘liq bo‘lib, do‘konlar 4-martgacha ishlamaydi, ammo bu muddat uzaytirilishi ham mumkin.
16 fevral 2026, 11:24 Qonunchilik
BAAda 7-sinfgacha o‘quvchilarga sun’iy intellektdan foydalanish taqiqlandi
Ta’lim vazirligi ishlab chiqqan yo‘riqnoma mamlakatdagi barcha ta’lim muassasalariga yuborilgan va uni bajarish majburiy hisoblanadi.
6 fevral 2026, 18:55 Startaplar
Tumar Innovation Hub BAA bozoriga kirish mavzusida vebinar tashkil etmoqda
Ishtirokchilarga kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazish, banklar bilan ishlash va investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha maslahatlar beriladi. Tadbir 12-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
4 fevral 2026, 17:16 Iqtisodiyot
Arnasoy aeroporti BAA investorlari ishtirokida $11 mln evaziga kengaytiriladi
Zafarobod tumanida ekoturizm majmuasi, Zomin tumanida esa yangi sayyohlik hududi barpo etish rejalashtirilmoqda.
16 yanvar 2026, 14:33 Energetika
Masdar kompaniyasi Qashqadaryoda quyosh fotoelektr stansiyasi va energiya saqlash tizimi quradi
Ushbu loyiha ishga tushgach 231 mln kub metr tabiiy gaz tejaladi, 280 mingtaga yaqin xonadon elektr bilan ta‘minlanadi.
15 yanvar 2026, 14:55 Iqtisodiyot
BAA kompaniyasi Surxondaryoda qimmatbaho metall rudalarini qayta ishlashda ishtirok etadi
Loyihaning texnik-iqtisodiy asosnomasi ishlab chiqilib, tashkiliy-huquqiy masalalar bo‘yicha amaliy ishlar boshlanadi.
28 noyabr 2025, 11:47 Iqtisodiyot
O‘zbekiston sunʼiy intellekt bo‘yicha 5 mln prompt-muhandisni BAA tajribasi asosida o‘qitadi
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev BAA Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy bilan Yosh avlod va Kitob chellenji loyihalarini yo‘lga qo‘yishni muhokama qildi.
5 noyabr 2025, 19:44 Biznes
BAA kompaniyalari O‘zbekistonda 500 MVt quvvatga ega energiya saqlash tizimlarini quradi
Masdar kompaniyasi bilan Navoiyda 300 MVt, Amea Power kompaniyasi bilan 200 MVt quvvatga ega energiya saqlash tizimini qurish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
28 oktabr 2025, 16:57 Iqtisodiyot
Oson BAAda neobank ochish uchun dastlabki ruxsatni oldi
Kompaniya Dubay bozoriga kirib, Yaqin Sharqda o‘z faoliyatini kengaytirishga hozirlik ko‘rmoqda.
24 oktabr 2025, 14:38 Iqtisodiyot
O‘zbekistonlik 200 ga yaqin taksi haydovchilari Dubayga ishga yuborilishi mumkin
Dubai Taxi Company 700 nafarga yaqin o‘zbekistonlik taksi haydovchisini ishga jalb qilishni rejalashtirmoqda.
30 sentabr 2025, 17:02 Iqtisodiyot
BAAda yangi viza toifalari qo‘shildi
Yangi tartibga ko‘ra, sun’iy intellekt mutaxassislari, xorijiy tadbirkorlar va sayyohlar taklifnoma asosida maxsus vizalar bilan kirishlari mumkin.
5 iyun 2025, 16:30 Iqtisodiyot
TIV BAA aeroportlarida o‘zbekistonliklarning uzoq vaqt qolib ketayotgani va tekshiruvlar sabablarini aniqlamoqda
Diplomatlar fuqarolarga yordam berish maqsadida mahalliy aeroportlarda bo‘lib, BAA davlat idoralari bilan muzokaralar olib bormoqda.
2 iyun 2025, 16:01 Iqtisodiyot
1
BAA aeroportida yana O‘zbekiston fuqarolari ushlab turildi. TIV holatga izoh berdi
Amirliklarda xalqaro tadbirlar o‘tkazilishi sababli xavfsizlik choralari kuchaytirilgani aeroportlarda tekshiruv vaqtlari cho‘zilishiga olib kelgani qayd etilgan.
14 may 2025, 19:13 Biznes
Etisalat O‘zbekistonda ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini qurishda ishtirok etishi mumkin
Yana bir BAA kompaniyasi esa Markaziy Osiyodagi birinchi chiqindidan bioyoqilg‘i ishlab chiqaruvchi zavodni O‘zbekistonda qurish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
6 may 2025, 16:23 Texnologiyalar
BAA bolalar bog‘chalarida sun’iy intellektni o‘rgatishni boshlaydi
Shuningdek, amirlikda sun’iy intellekt darslari maktab dasturiga kiritilishi va 12-sinfgacha o‘rgatilishi rejalashtirilmoqda.
28 aprel 2025, 09:22 Iqtisodiyot
TIV o‘zbekistonliklarning BAAga kirishi taqiqlangani haqidagi xabarlarni rad etdi
Vazirlik ikki mamlakat o‘rtasidagi vizasiz tartib o‘z kuchida ekanligini hamda cheklovlar joriy etilmaganini ma’lumot qildi.
25 aprel 2025, 13:41 Iqtisodiyot
BAAda o‘zbekistonliklar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar vizasiz rejimga ta’sir qilishi mumkin — TIV
Dubayda yuz bergan holat yuzasidan 15 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan. Tashqi ishlar vazirligi huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan vaziyatni o‘rganmoqda.
21 aprel 2025, 16:56 Iqtisodiyot
BAA dunyoda birinchi bo‘lib qonunlarni yozish uchun sun’iy intellektdan foydalanishni boshlaydi
Sun’iy intellekt barcha qonunlar, sud qarorlari va davlat xizmatlari faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli ma’lumotlar bazasini tahlil qiladi. SI modeli haqida xabar berilmagan.
24 yanvar 2025, 14:27 Energetika
1
Abu-Dabida dunyodagi eng yirik quyosh elektr stansiyasi qurilmoqda
10 ming futbol maydonini qamrab oladigan stansiya 750 ming xonadonni energiya bilan ta’minlay oladi.
21 yanvar 2025, 18:49 Qiyofa
BAA ijodkorlar uchun viza dasturini ishga tushirdi
Mazkur viza uning egalariga mahalliy homiy yoki muntazam uzaytirishsiz besh-o‘n yil davomida BAAda yashash imkonini beradi.