«elektr energiyasi» tegli maqolalar
27 yanvar 2026, 10:12 Iqtisodiyot
Chiqindidan qarzdor 152 ming abonentning elektr to‘loviga cheklov qo‘yildi
Umumiy 87,5 mlrd so‘m debitor qarzdorlik bo‘yicha 873 990 ta abonentga SMS orqali ogohlantirish yuborilgan.
26 yanvar 2026, 18:13 Energetika
O‘zbekistonda sutkalik elektr energiyasi iste‘moli bo‘yicha rekord yangilandi
24-yanvardagi sovuq fonida 283 mln kVt/soat elektr ishlatilgan — bu yozdagi eng yuqori ko‘rsatkichdan ko‘p.
26 yanvar 2026, 17:27 Energetika
Sirdaryoda tadbirkorga elektrdan hisoblangan 1,1 mlrd so‘mlik asossiz qarzdorlik bekor qilindi
Qarzdorlik boshqa korxonaga tegishli ekani aniqlanib, mas’ullarga ma’muriy chora qo‘llandi.
23 yanvar 2026, 14:39 Energetika
Jahon banki O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonga $143,2 mln ajratadi
Mazkur grant va imtiyozli kreditlar elektr energiya bozorini rivojlantirish va energiya tizimlari integratsiyasi dasturi loyihalari uchun yo‘naltiriladi.
16 yanvar 2026, 19:35 Energetika
Sovuq ob-havo sababli O‘zbekistonda “svet” va gaz ta’minotida uzilishlar bo‘lishi mumkin
Energetika tizimi kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tkazilmoqda. Vazirlik ayrim hududlarda vaqtinchalik cheklovlar bo‘lishidan ogohlantirdi.
16 yanvar 2026, 17:40 Energetika
Svetodiodli lampa, plastik deraza va maishiy texnika: o‘zbekistonliklar energiyani qanday tejamoqda?
Oilalarning qariyb 90%i energiya sarfini kamaytirish uchun kamida bitta chora ko‘rgan. Eng ommabop yo‘nalish LED-yoritish chiroqlari bo‘ldi. Quyosh panellariga qiziqish esa oshmoqda.
16 yanvar 2026, 10:39 Iqtisodiyot
Yanvarda aholining chiqindi xizmatidan qarzdorligi 9 mlrd so‘mdan oshdi
15-yanvar holatiga ko‘ra, 118 mingdan ortiq abonent SMS-xabarnomalar yuborilgan. Ogohlantirish jarayoni davom etmoqda.
14 yanvar 2026, 19:25 Energetika
O‘zbekiston energiya samaradorligini oshirish uchun nimalar qilmoqchi?
Ijtimoiy obyektlar va turar joylarni modernizatsiya qilish uchun 150 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. 142 ta to‘qimachilik korxonasiga quyosh panellari o‘rnatiladi.
14 yanvar 2026, 18:32 Energetika
Ulgurji isteʼmolchilar elektr energiyasini soatbay narxlarda xarid qilishi mumkin bo‘ladi
Yiliga 10 mln kVt/soatdan ortiq elektr isteʼmol qiladigan korxonalar uchun elektr energiyasini ulgurji bozorda soatbay shakllanadigan narxlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish tizimini joriy etish taklif qilinmoqda.
6 yanvar 2026, 15:04 Energetika
1-fevraldan gaz va elektr subsidiyasiga onlayn murojaat qilish mumkin bo‘ladi
Agar oilaning ikkita avtomobili, ikkita uy-joyi yoki tomorqasi bo‘lsa, to‘lov rad etiladi.
6 yanvar 2026, 13:08 Energetika
Elektr energetikasi tizimida texnologik buzilishlarni tekshirish tartibi belgilandi
Nizom yuzaga kelgan texnologik buzilishlarni aniqlash, tekshirish va ularning sabablarini tahlil qilish tartibini belgilaydi.
3 yanvar 2026, 11:39 Energetika
O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish 6%ga, quyosh va shamol generatsiyasi esa ikki baravarga oshdi
“Yashil” generatsiya bilan birga mamlakatdagi barcha elektr energiyasi ishlab chiqarishning qariyb 20%ini — 16,8 mlrd kVt/soatni ta‘minladi.
30 dekabr 2025, 18:59 Energetika
Prezident Yangi Toshkentdagi trigeneratsiya stansiyasi hamda birinchi nimstansiya qurilishi bilan tanishdi
Hududda markazlashgan isitish va sovitishni ta’minlovchi, energiyani ikki baravar kam sarflovchi trigeneratsiya stansiyasi hamda O‘zbekistondagi ilk yopiq turdagi 100 MVtli nimstansiya qurilmoqda.
24 dekabr 2025, 15:40 Energetika
O‘zbekistonda yarim oyda 28 mlrd so‘mlik elektr talon-toroj qilindi
Reyd tadbirlarida 16,1 mln kVt/soat elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi.
23 dekabr 2025, 20:58 Energetika
O‘zbekistonda suv tanqisligi tufayli GESlarda elektr ishlab chiqarish kamaydi — Energetika vazirligi
Qayd etilishicha, joriy yilda suv oqimi 35% ga kamayib, yirik GESlarda elektr energiyasi ishlab chiqarish pasaygan.
22 dekabr 2025, 19:57 Energetika
O‘zbekistonda elektr energiyasi uchun soatbay tariflar ishlab chiqilmoqda
Energetika vazirligining qayd etishicha, elektromobilni kechqurun yoki kunduzi zaryadlash arzonroq bo‘ladi, chunki tig‘iz davrlarda tariflar oshadi.
19 dekabr 2025, 19:19 Energetika
Ob-havoning keskin o‘zgarishi, yog‘ingarchilik va sovuq: elektr ta’minotida nega uzilishlar kuzatilmoqda?
Energetika vazirligi matbuot xizmati uzilishlari haqida vaqtida xabar berilmayotgani uchun uzr so‘rab, rejali va avariya holatlari haqida axborot tezkor yetkazilishini ma’lum qildi.
17 dekabr 2025, 12:01 Energetika
O‘zbekiston Tojikistonga elektr energiyasi eksportini boshladi
Yetkazib berish hajmi kuniga 2 mln kVt/soatgachani tashkil etib, O‘zbekiston energetika tizimining imkoniyatlari kengayishi bilan ushbu hajm oshirilishi mumkin.
16 dekabr 2025, 16:18 Energetika
Toshkentda bir vaqtning o‘zida elektr va issiqlik ishlab chiqaradigan markaz ishga tushirildi
Xitoyning CNTIC kompaniyasi bilan birga amalga oshirilgan loyiha 3,5 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, unga $65 mln investitsiya yo‘naltirilgan.
12 dekabr 2025, 13:21 Energetika
Chiqindidan qarzdor 205 ming aholining elektr to‘lovi cheklandi
20,1 mlrd so‘mlik qarzdorlik bo‘yicha 231 ming abonent SMS orqali ogohlantirildi, shundan 205 mingga yaqinining elektr to‘lovlariga cheklov kiritildi.