«jahon savdo tashkiloti» tegli maqolalar
21 dekabr 2024, 14:59 Iqtisodiyot
“JSTga a’zo bo‘lish jarayonlari yakuniy bosqichga o‘tmoqda” — prezident
Davlat rahbari bu jarayonda imtiyozlar bekor qilinishi bilan birga, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun sharoit yaratilishini qayd etdi.
20 dekabr 2024, 18:15 Iqtisodiyot
O‘zbekiston AQSh bilan JSTga a’zo bo‘lish to‘g‘risidagi protokolni imzoladi
Noyabr oyida tomonlar 14 oy davom etgan ikki tomonlama muzokaralarni yakunlagandi.
10 dekabr 2024, 09:25 Iqtisodiyot
O‘zbekiston Pokiston va Tailand bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
Natijada mamlakatning tashkilotga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlagan davlatlar soni 25taga yetdi.
2 dekabr 2024, 14:32 Iqtisodiyot
O‘zbekiston Filippin bilan JSTga a’zolikni qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldi
Ikki oy ichida mamlakat tashkilotning 4ta a’zosi bilan unga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi.
2 dekabr 2024, 11:29 Iqtisodiyot
“Qo‘rqish noo‘rin” — Jahongir Ortiqxo‘jayev JSTga a’zo bo‘lish haqida
Tadbirkor tashkilotga qo‘shilish natijasida mamlakatga ochilayotgan boshqa davlatlarga xursand bo‘lish kerakligini, milliy mahsulotlarni ularga ham sotish imkoniyati oshishini qayd etdi.
29 noyabr 2024, 15:42 Iqtisodiyot
O‘zbekiston Xitoy bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
Natijada Xitoy O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlagan AQShdan keyingi yigirma ikkinchi davlat bo‘ldi.
27 noyabr 2024, 13:30 Iqtisodiyot
“Har bir tadbirkor raqobat sharoitida ishlashni o‘rganishi kerak” — Jamshid Qo‘chqorov
Bosh vazir o‘rinbosari eksportyorlarga beriladigan ba’zi soliq imtiyozlarining bekor qilinishiga izoh berib, bu Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bilan bog‘liqligini qayd etdi.
7 noyabr 2024, 18:24 Iqtisodiyot
“2−3 yil davomida aksiz solig‘ini unifikatsiya qilamiz” — JST bo‘yicha maxsus vakil
Azizbek Urunovning fikricha, nafaqat importni, balki eksportni ham texnik tartibga solishni yaxshilash kerak.
7 noyabr 2024, 16:07 Iqtisodiyot
O‘zbekiston Rossiya, Xitoy va YI bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda — maxsus vakil
Azizbek Urunov muzokaralar olib borilayotgan qolgan davlatlar soniga aniqlik kiritgani yo‘q, biroq, ular ko‘p emasligini qo‘shimcha qildi.
4 noyabr 2024, 13:43 Iqtisodiyot
O‘zbekiston AQSh bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
Prezidentning maxsus vakili Azizbek Urunovning qayd etishicha, 14 oy davom etgan muzokaralar natijasida Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlagan 21-mamlakat bo‘ldi.
4 noyabr 2024, 10:00 Iqtisodiyot
“JSTga a’zo bo‘lish O‘zbekiston iqtisodiyotini 17%ga oshiradi” — Azizbek Urunov
Bajarilishi kerak bo‘lgan ishlarning ko‘pligiga qaramay, JSTga a’zo bo‘lishda xalqaro qo‘llab-quvvatlash, jumladan, Jahon bankining texnik yordami bunga erishish imkonini berayotgani ta’kidlandi.
11 oktabr 2024, 09:30 Iqtisodiyot
2026-yilgacha sanoat sohasida 10ta yangi laboratoriya tashkil etiladi
Bundan tashqari, 2025-yildan sinov laboratoriya kampusini tashkil etish ishlari boshlanadi. Unda elektrotexnika, mashinasozlik hamda to‘qimachilik kabi sohalardagi 6ta laboratoriya joylashtiriladi.
9 oktabr 2024, 13:46 Biznes
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishidan keyingi o‘tish davri 2−3 yilni tashkil etadi
O‘tish davri ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash uchun beriladigan imtiyozlar bekor qilinishining salbiy ta’sirini kamaytirishga yordam beradi.
20 avgust 2024, 17:49 Iqtisodiyot
“Ayrimlar bunga shubha bilan qaramoqda” — Shavkat Mirziyoyev Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish haqida
Prezident proteksionizmdan teng raqobat muhiti va eksportga qaratilgan sanoat va savdo siyosatiga o‘tish kerakligini ta’kidladi.
6 iyun 2024, 07:58 Iqtisodiyot
Prezident JST bilan savdo siyosati bo‘yicha kompetensiya markazini tashkil etishni taklif qildi
Tashkilot bosh direktori O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
4 iyun 2024, 10:52 Qonunchilik
O‘zbekistonda qonunchilikni JST talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha nimalar belgilanmoqda?
Xususan, aksiz solig‘i stavkalari bosqichma-bosqich birxillashtiriladi. 2025-yildan joriy etiladigan bojxona yig‘imlarining fiskal maqsadlarda undirilmasligi belgilanadi.
4 iyun 2024, 09:25 Qonunchilik
O‘zbekistonda bir qator yirik davlat kompaniyalarining eksklyuziv huquqlari bekor qilindi
Ular qatorida O‘zmetkombinat, UzGasTrade, O‘zenergosotish hamda O‘zkimyosanoat kabilar bor.
30 may 2024, 18:09 Iqtisodiyot
O‘zbekiston 2026-yilgacha Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishni rejalashtirmoqda
JST ishchi guruhi mamlakatni “qo‘shimcha majburiyatlarni olishga” chaqirdi.
29 fevral 2024, 10:37 Iqtisodiyot
Isroil O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zoligini ma’qulladi
Isroil iqtisodiyot va sanoat vaziri tomonlar o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash Isroil kompaniyalari uchun imkoniyatlar berishini qayd etdi.
6 dekabr 2023, 20:49 Iqtisodiyot
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi iqtisodiyotning 0,5%ga o‘sishini ta’minlaydi
Tashkilotga a’zo bo‘lish savdo xarajatlarini kamaytiradi va aholi farovonligini oshiradi.