«soliq» tegli maqolalar
30 mart 2026, 10:08 Iqtisodiyot
Islomiy moliyada QQSdan ozod etiladigan xizmatlar turlari ma’lum qilindi
Qimmatli qog‘ozlar, ijara va ishonchli boshqaruv xizmatlari mazkur soliq turidan ozod etiladi.
27 mart 2026, 14:49 Iqtisodiyot
1
San‘atkorlardan har bir to‘y yoki konsert uchun soliq undirish rejalashtirilmoqda
Ijrochilar va ijodiy jamoalarning faoliyati bilan bog‘liq barcha xizmatlar Soliq mobil ilovasida ro‘yxatga olinadi.
19 mart 2026, 12:25 Biznes
“Olti marta ‘yaxshi‘ deyishgan va g‘oyib bo‘lishgan” — ILMA Temu‘ning soliq majburiyatlari haqida
Marketpleys bloklangach, xaridlar hajmi taxminan 95% ga kamaygan, qolgan 5%i esa VPN orqali cheklovlarni aylanib o‘tmoqda.
18 mart 2026, 13:56 Qonunchilik
Yo‘l bo‘yida servis obyektlari uchun yerlar onlayn auksionga chiqariladi
Yer toifasini o‘zgartirish tartibi soddalashtirildi, davlat mulkini sotib olishda esa yangi soliq mexanizmi joriy etildi.
16 mart 2026, 12:08 Iqtisodiyot
Bo‘kada soliqchi 10 mln so‘m olayotganda ushlandi
U fermer xo‘jalikning soliqdan mavjud qarzdorligini to‘lash muddatini uzaytirib berishni vaʼda qilgan.
12 mart 2026, 18:15 Biznes
2025-yilda qaysi umumiy ovqatlanish korxonalari eng ko‘p soliq to‘ladi?
Yanvar-dekabr oylarida eng ko‘p soliq to‘lagan ovqatlanish korxonasi 89,5 mlrd so‘m bilan KFC tarmog‘ining O‘zbekistondagi franshizasi — International Foodchain bo‘ldi.
5 mart 2026, 18:15 Iqtisodiyot
Yangi farmatsevtika vositalari ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar 3 yilga yer solig‘idan ozod etiladi
Tadbirkorlar loyiha ishga tushgandan boshlab 3 yil davomida foyda va mol-mulk soliqlarini to‘lamaydi.
25 fevral 2026, 19:36 Marketing
O‘zbekiston blogerlar daromadlari ustidan soliq nazorati bo‘yicha Rossiya tajribasini o‘rganmoqda
Soliq qo‘mitasi tajriba almashish kelgusida soliq organlari faoliyatida uni qo‘llash imkonini berishini kutmoqda.
24 fevral 2026, 14:39 Iqtisodiyot
Olis hududlardagi o‘quv markazlariga ijtimoiy soliq 1%, o‘qituvchilar uchun daromad solig‘i 7,5% etib belgilanadi
Ehtiyojmand yoshlarni bepul o‘qitadigan markazlar yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi, o‘qituvchilar uchun to‘langan daromad va ijtimoiy soliqlar esa keshbek sifatida qaytariladi.
10 fevral 2026, 10:41 Biznes
Roblox o‘yin platformasi O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
Joriy yil boshidan buyon oltita xorijiy kompaniya ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, ular orasida Claude chat-bot yaratuvchisi va Steam platformasi bor.
4 fevral 2026, 12:43 Iqtisodiyot
2025-yilda aholiga 1,5 trln so‘mdan ortiq keshbek qaytarilgan
To‘langan keshbeklarning eng katta qismi Toshkent shahri, Toshkent va Farg‘ona viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda.
2 fevral 2026, 12:11 Iqtisodiyot
Iyuldan boshlab tajriba tariqasida o‘simlik yog‘ini markirovkalash joriy etiladi
Spirtli ichimliklar uchun markirovka kodlaridan foydalanish ustidan nazorat kuchaytiriladi. Biroq, bu talablar sutli kokteyllarga tatbiq etilmaydi.
30 yanvar 2026, 13:02 Biznes
Apple, Meta va Google yetakchi. Xorijiy bigtex 2025-yilda O‘zbekistonda qancha soliq to‘ladi?
Yanvar-dekabr oylarida xorijiy IT-kompaniyalar tomonidan to‘langan soliqlar 2024-yilga nisbatan 50% ga o‘sib, 181,3 mlrd so‘mni tashkil etdi.
8 yanvar 2026, 19:07 Biznes
Google hammuassisi boylik solig‘i ehtimoli sabab Kaliforniyani tark etdi
Larri Peyj yangi 5%lik yig‘imdan xavotirlanib, o‘z biznes aktivlarining bir qismini boshqa shtatlarga ko‘chirish jarayonini boshlagan.
8 yanvar 2026, 14:20 Iqtisodiyot
2026-yilda yer solig‘ining bazaviy stavkalari 7%ga oshdi
Aniq stavkani mahalliy Kengashlar 0,5 dan 1,2 gacha bo‘lgan koeffitsiyentni qo‘llagan holda tasdiqlaydi.
7 yanvar 2026, 16:26 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig‘i bekor qilinadi
Kreativ sanoat, to‘qimachilik va poyabzal korxonalari uchun soliq imtiyozlari joriy etilmoqda.
26 dekabr 2025, 20:26 Iqtisodiyot
2026-yil uchun tashqi qarzlarning maksimal hajmi $5,5 mlrd etib belgilandi
Mablag‘larning $2,5 mlrdi budjet ijrosiga, yana $2,5 mlrdi investitsiya loyihalariga yo‘naltirilishi rejalashtirilmoqda.
11 dekabr 2025, 10:37 Iqtisodiyot
Fuqarolar uchun daromad deklaratsiyasini topshirish bo‘yicha tajriba boshlanadi
1-martdan boshlab soliq xodimlari hamda Navoiy va Chirchiqda yashovchi jismoniy shaxslar uchun yillik daromad deklaratsiyasini topshirish sinov tarzida joriy etiladi.
1 dekabr 2025, 17:35 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish instituti tashkil etiladi
Institut yashirin iqtisodiyotning ijtimoiy-iqtisodiy sabablarini tahlil qilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
1 dekabr 2025, 12:38 Iqtisodiyot
Aholining 1 mln so‘mdan ortiq soliq qarzdorligi elektr energiyasining billing tizimi orqali undiriladi
Bu bo‘yicha Namanganda sinov o‘tkazilib, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha qarzdorlikni undirishning yangi mexanizmi joriy etiladi.