SEKTA marketing agentligi asoschisi Sergey Kimning 5ta xatosi

Sergey Spot’ga qanday hollarda mijozlarga yo‘q deyishi, nega ta’sischi-direktor haqiqiy maosh olishi kerakligi hamda biznes muammolari va imkoniyatlarini aniqlashda fokus-guruhlar nima uchun foyda bermasligi haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Italiya universiteti grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda

Unda o‘zbekistonliklar ham magistratura darajasi uchun ishtirok etishlari mumkin. Qabul qilinganlarning o‘qish xarajatlari to‘liq qoplanadi.

hafta yakuni, yangiliklar


Biznes tarixi: LEGO o‘yinchoqlar kompaniyasi qanday paydo bo‘lgan?

Mazkur maqolada “LEGO” o‘yinchoqlar brendi qanday tashkil etilgani, rivojlanish tarixi, logotipdagi o‘zgarishlar hamda minifiguralarning turli shakllari haqida ma’lumotlar berilgan.

hafta yakuni, yangiliklar


O‘zbekiston banklaridagi Visa, Mastercard va UnionPay kartalari: tariflar va shartlar

Hozirda mavjud 35ta bankdan 23tasida xalqaro kartalarni ochish mumkin.

hafta yakuni, yangiliklar


2023-yilning eng yaxshi 5ta biznes kitobi

Kitoblarda biznes, ilmiy, psixologik ma’lumotlar berilgan bo‘lib, nafaqat tadbirkorlar va rahbarlar, balki har bir kitobxon uchun foydali bo‘ladi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. “Taqiqlar amalda foyda bermaydi” — NAPP bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirish haqida.
    Cheklovlar mamlakatdan $1 mlrdgacha bo‘lgan valyutaning chiqib ketishiga, qimor o‘yinlariga va firibgarlikka olib kelgan.
  2. Nokia 3210 telefoni joriy yilda qayta chiqarilishi mumkin.
    Qayd etilishicha, yangilangan model Bluetooth va 4G‘ni qo‘llab-quvvatlash bilan chiqariladi.
  3. O‘zbekistonda naqd puldagi to‘lovlar uchun keshbek qaytarilishi bekor qilinishi mumkin.
    1-iyuldan faqat naqdsiz va karta orqali amalga oshirilgan xaridlar uchun keshbek olish mumkin bo‘ladi.
  4. Uch yilda naqd pulsiz to‘lovlar hajmi ikki baravardan ko‘proq oshishi kutilmoqda.
    KPMG tahlilchilarining prognozlariga ko‘ra, POS moliyalashtirish va muddatli to‘lovlar bozori ayniqsa tez rivojlanadi.
  5. O‘zbekistonda eng ko‘p soliq to‘lagan xorijiy internet-kompaniyalari ma’lum qilindi.
    Uch oyda 57ta xorij kompaniyasi tomonidan 23,6 mlrd so‘m soliq to‘langan. Meta eng ko‘p soliq to‘lovchi sifatida o‘z o‘rnini saqlab qoldi.
  6. Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlarga 120 mln so‘mgacha ipoteka krediti beriladi.
    Shuningdek, hududlarda 100 mingta kvartiradan iborat bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joylar qurilib, ipoteka kreditlarini moliyalashtirishga kamida 17 trln so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
  7. Markaziy bank ustav kapitali talablarini bajarmagani uchun to‘rtta bankning faoliyatini chekladi.
    Aprel oyidan boshlab moliya institutlariga kredit berish va depozitlarni qabul qilish taqiqlangan.
  8. WhatsApp’da yangi tezkor javob tugmasi paydo bo‘ladi.
    Qayd etilishicha, u messenjerning Android versiyasida media fayllar bilan ishlash uslubini o‘zgartiradi.
  9. 15-maydan ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli boshlanadi.
    Endilikda ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplashga subsidiyalar 30 mln so‘m miqdorida to‘lanadi.
  10. Hacknovation-2024 hakatoniga arizalar qabul qilinmoqda.
    Unda universitet, sanoat va maktab yo‘nalishlaridan birida jamoa shaklida ishtirok etish mumkin. G‘olib jamoalarga $1500gacha pul mukofoti beriladi.